Maqam Nabi Yusha () maqbara va masjid majmuasi boʻlib, Iordaniyaning Balqa As-Salt shahrida joylashgan. XVI asrga oid bu maqbarada islom va isroiliy rivoyatlarga koʻra, Injildagi paygʻambar Yusha (Yoshua) qabri joylashgan, deb hisoblanadi. Masjid 2004-yilda qurib bitkazilgan.
Tarixi Yusha paygʻambar nomiga bagʻishlangan maqbara Mamluklar davrida hokim Amir Mahdaviy tomonidan qurilgan. Maqbara keyinchalik XVI asrda, Usmonli hukmronligining dastlabki yillarida qayta bunyod etilgan. Soʻngra, qirol Abdulla II hukmronligi davrida maqbaraga yangi masjid va zarur inshootlar biriktirilgan, maqbaraning oʻzi ham taʼmirlangan. Taʼmirlash ishlar 2004-yilda yakunlanib, shu yili yangi masjid majmuasi ochilgan.
Umumiy tavsif Majmua tarkibiga maqbara, masjid, shuningdek fuqarolar uchun moʻljallangan koʻp maqsadli zal, kutubxona, bufet, masjid imomi uchun turar joy va muazzin uchun alohida turar joy kiradi. Masjidning umumiy ichki maydoni ni tashkil etadi. Maqbara devoridan tashqarida qabriston mavjud boʻlib, bu yerga ziyoratchilar va ularning oilalari dafn etiladi.
Arxitektura Maqbara Yusha paygʻambar qabri deb taxmin qilinadigan maqbara diniy majmuaning eng qadimiy qismi boʻlib, XVI asrga taalluqli, poydevori esa Mamluklar davriga borib taqaladi. Ichkarida Yushaga nisbat beriladigan qabri ustiga qoʻyilgan sarkofag (ramziy qabr toshi) uzunligi dan ortiq boʻlib, yashil mato bilan yopilgan. Maqbara As-Salt aholisi uchun muqaddas va maʼnaviy maskan hisoblanadi.
Masjid Maqbaraga tutash masjid 2004-yilda qurib bitkazilib, oʻsha yili ochilgan. U nisbatan zamonaviy inshootdir. Masjid minorasi balandligi ga teng. Masjiddagi namozxonalar erkaklar va ayollar uchun alohida qilib ajratilgan.
Gallereya
Yana qarang
Iordaniyada Islom Iordaniyadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Iordaniyadagi masjidlar Turkum:21-asr masjidlari