Petra Marčinko (2005-yil 4-dekabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik tennischi.

Petra Marčinko 2005-yil 4-dekabrda Xorvatiyaning Zagreb shahrida tugʻilgan.

Marčinko oʻz faoliyatidagi eng yuqori natijani 2026-yilda qayd etgan. Sportchi WTA turniri yakkalik bahslari boʻyicha 2026-yil 2-fevralda xalqaro miqyosda 69-oʻrini qayd etgan. Juftlik bahslarida esa 2025-yil 11-avgustda 386-oʻrinni egallagan. Marčinko WTA 125 yakkalik bahslarining bir karra, shuningdek, ITF yakkalik bahslarining 11 karra, juftlik bahslarining esa 4 karra sovrindori hisoblanadi.

Sportchi 2021-yil 13-dekabrda yoshlar oʻrtasida reytingda 1-raqamni qayd etgan.

Sport faoliyati Professional debyuti ITF yoshlar turida Marčinko yakkalik yoʻnalishida toʻqqizta va juftlikda yettita unvonga ega chiqqan. 2021-yil dekabr oyida u mavsum oxirida yakkalik va juftlik yoʻnalishida Orange Bowl chempionatlarida gʻalaba qozonib, reytingda toʻqqiz pogʻona yuqorilagan va 2021-yil 13-dekabr kuni yil yakunida yoshlar oʻrtasida jahonda 1-raqamli oʻyinchi sifatida mavsumni yakunlagan.

2022-yil boshida sportchi Avstraliya ochiq chempionatida oʻzining yoshlar oʻrtasidagi ilk „Katta dubulgʻa“ unvonini qoʻlga kiritgan. U finalda Sofiya Kostoulasni magʻlubiyatga uchratgan.

16 yoshida Marčinko Rabatda oʻtkazilgan 2022-yilgi Marokash ochiq turnirida qatnashib, shu orqali ilk marta WTA turniridagi ishtirokini boshlagan. Sportchi ushbu musobaqada dastlab Rebekka Petersonni magʻlub etgan . Soʻngra ikkinchi davrada Astra Sharmaga qarshi oʻyinni boy bergan.

Ilk WTA 125 chempionligi Petra Marčinko ayollar oʻrtasida ITF turniridagi ketma-ket oltinchi gʻalabasini 2023-yilgi Caldas da Rainha ochiq turnirida egallashga muvaffaq boʻlgan. Sportchi ushbu musobaqa finalida Leoliya Jeanjeanga qarshi maydonga tushgan va uni magʻlubiyatga uchratgan. Shu orqali u 18 yoshga toʻlmasdan avval yakkalik yoʻnalishida oltita professional unvonni qoʻlga kiritgan eng yosh xorvatiyalik tennischi sifatida yangi Xorvatiya rekordini oʻrnatgan.

WTA 125 turniri doirasida 2024-yilgi Montreux Nestlé ochiq musobaqasi finalida Marčinko yettinchi raqam ostida saralangan Irina-Camelia Beguga qarshi oʻyinda uch setda magʻlubiyatga uchrab, ikkinchi oʻrin sohibasiga aylangan.

2025-yil iyul oyida u Rim shahrida boʻlib oʻtgan 2025-yilgi ATV Tennis ochiq turniri finalida Oksana Selekhmetevani magʻlub etib, oʻzining ilk WTA 125 chempionligini qoʻlga kiritgan.

Katta dubulgʻdagi debyuti va ilk gʻalabasi Petra Marčinko oʻzining „Katta dubulgʻa“dagi debyut gʻalabasini 2026-yilgi Avtraliya ochiq turnirida qoʻlga kiritgan. U musobaqada toʻgʻridan-toʻgʻri asosiy bahslarga qoʻshilgan va Tatiana Maria ustidan gʻalaba qozonishga erishgan .

Manbalar

Havolalar

Turkum:2005-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Xorvatiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr xorvatiyalik ayol sportchilar