Elina Araratovna Avanesyan (; ; 2002-yil 17-sentyabrda tugʻilgan) — Rossiyada tugʻilgan arman tennischisi. Yakkalik bahslarida WTA reytingida 2025-yil 17-mart kuni 36-oʻringa koʻtarilgan, juftlik bahslari boʻyicha esa 2024-yil 12-avgust kuni 163-oʻringa chiqqan va bu bilan oʻzining eng yuqori koʻrsatkichlarini qayd etgan. Hozirda yakkalik bahslari boʻyicha Armanistonning 1-raqamli tennischisi.
Avanesyan ITF turida yakkalik bahslarida 5 karra va juftlik oʻyinlarida 9 karra chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti Ilk yillari Avanesyan Rossiyaning Pyatigorsk shahrida arman millatiga mansub oilada tugʻilgan. Uning ota-onasi Togʻli Qorabogʻdan boʻlib, Birinchi Togʻli Qorabogʻ urushi chogʻida 1992-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtishgan. Uning bir akasi va bir opasi bor.
Fuqarolikni oʻzgartirishi 2024-yil iyun oyida Avanesyan Armaniston fuqaroligini olish jarayonini boshlagani va musobaqalarda Armaniston bayrogʻi ostida ishtirok etishni rejalashtirayotgani eʼlon qilindi. U avvalroq Armaniston poytaxti Yerevanda bir nechta yoshlar turnirlarida qatnashib, ularning toʻrttasida gʻolib chiqqan edi.
2024-yil avgust oyida Avanesyan Armaniston fuqarosi boʻldi va musobaqalarda mamlakat sharafini himoya qila boshladi.
Sport faoliyati
2021: Birinchi ITF Circuit chempionligi Avanesyan oʻzining ilk W60 unvonini Reinert Open turnirida qoʻlga kiritgan.
2022: WTA turi, „Katta dubulgʻa“ va WTA 1000 debyutlari Sportchi oʻzining WTA turidagi ilk oʻyinini 2022-yilgi Copa Colsanitas turnirida oʻtkazib, musobaqaning chorak finaligacha yetib bordi va saralash bosqichidan oʻtib, AQSh Ochiq chempionati doirasida „Katta dubulgʻa“ turnirlarida debyut ishtirokini amalga oshirdi.
Shuningdek, u WTA 1000 darajasidagi ilk oʻyinini Italiya ochiq chempionatida oʻtkazdi va yangi WTA 1000 turniri — Guadalajara Open asosiy toʻr bahslarida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
2023: Fransiya ochiq chempionatida toʻrtinchi bosqich, ilk 65 talik
Jahon reytingida 134-oʻrinda turuvchi Avanesyan Fransiya ochiq chempionatida ilk bor ishtirok etdi. Birinchi bosqichda u 12-raqamli raketka ustasi Belinda Bencicni magʻlub etib, oʻzining ilk „Katta dubulgʻa“dagi va ilk TOP-20 talikdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Ikkinchi bosqichda sportchi fransiyalik tennischi Léolia Jeanjeanni, uchinchi davrada esa saralash bosqichidan oʻtgan Clara Tausonni magʻlub etdi. Natijada, u 2023-yil 12-iyunda reytingda 54 pogʻona yuqorilab, kuchli 80 talikka kirishga muvaffaq boʻldi.
Avanesyan WTA 500 darajasidagi ilk oʻyini Germaniya ochiq chempionatida oʻtkazdi va sakkizinchi raketka ustasi Daria Kasatkinani magʻlub etdi. Shu orqali 2023-yil 26-iyunda oʻzining yangi shaxsiy rekordini qayd etgan holda reytingda 64-oʻrinni egalladi.
Tennischi AQSh ochiq chempionatida birinchi davrada Alizé Cornetni magʻlub etib, ikkinchi davraga yoʻl oldi. Shu turnirda u juftlik bahslarida hamyurti Kamilla Rahimova bilan birga uchinchi davra bahslariga yetib bordi. Ular 10-raqamli juftlik — Elena Ostapenko va Lyudmila Kichenokni magʻlub etishdi . Biroq chorak final yoʻllanmasi uchun bahsda 8-raqamli juftlik — Hsieh Su-wei va Van Sinʼyuga magʻlub boʻlishdi .
Yil yakunida tennischi jahon reytingining 75-oʻrinidan joy oldi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha tennischilar Turkum:Pyatigorsklik sportchilar Turkum:Rossiyalik ayol tennischilar Turkum:Armanistonlik ayol tennischilar Turkum:Rossiya sport ustalari