Hamide Nermin Nezahet Sulton (; 1923-yil 28-yanvar — 1998-yil 7-noyabr) — Usmoniylar malikasi, Shahzoda Mehmed Sayfiddin va Nervaliter Xonimning oʻgʻli Shahzoda Mahmud Shavkatning qizi. Onasi Adile Xonimsulton Mehmed Kamoliddin posho va Naime Sultonning qizi boʻlgan.

Hayoti Hamide Nermin Nezahet Sulton 1923-yil 27-yanvarda Üsküdar saroyida tugʻilgan. Uning otasi Shahzoda Mahmud Shavkat Shahzoda Mehmed Sayfiddin va Nervaliter Xonimning oʻgʻli edi. Onasi Adile Xonimsulton esa Mehmed Kamoliddin posho va Naime Sultonning qizi boʻlgan. Nermin Sulton yoshligida suyak siliga chalingan va bu kasallik umr boʻyi davom etgan.

1924-yil mart oyida Usmoniylar sulolasi oila aʼzolari surgun qilinganda Nermin buvisi Naime Sulton bilan birga Fransiyaning Nice shahriga joylashgan, chunki buvisi uning ota-onasini farzand parvarishi uchun haddan tashqari yosh va tajribasiz deb hisoblagan. Uning ota-onasi Misrga koʻchib borgan va u yerda 1928-yilda ajrashgan.

Nermin va buvisi Cimiez shahrida yashadi. Eng mashhur fransuz rassomlaridan biri Henri Matisse ularga qoʻshni uyda yashar, bir kuni u Nerminni uchratib qolgan va qizni juda chiroyli deb hisoblab, undan oʻz rasmlari uchun model boʻlishini soʻragan. 1942-yilda Nerminning roziligidan soʻng „Odalisque Au Fauteuil Noir“ () kartinasi yaratgan. Keyinchalik bu rasm mashhurlikka erishgan va 2015-yilda Londondagi Sotheby’s auksionida 15 million yevroga sotuvga qoʻyilgan.

Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi chogʻida Nermin va buvisi Albaniyaning Tirana shahriga joylashdilar. Nermin oʻsha yerda bir kishi bilan unashtirilgan, biroq uning boʻlajak turmush oʻrtogʻi Albaniya kommunistik rahbari Enver Hoxha tomonidan qatl etilgan. Shundan soʻng Nermin va buvisi natsistlar kontslagerida saqlandi va oʻsha yerda Naime Sulton vafot etdi. Buvisining vafotidan keyin Misrdagi britan razvedka xodimi, tarixchi lord Patrick Kinross uni harbiy transport samolyoti bilan Qohiraga olib keldi. U otasi bilan Zamalek tumanida yashay boshladi. Misr qiroli Foruq I ularga Usmoniylar vaqflaridan maosh tayinladi. Biroq 1952-yilgi Misr inqilobidan keyin u yana Misrdan chiqib ketishga majbur boʻldi va Jazoirga joylashdi. Nermin Birlashgan Millatlar Tashkilotida ishga kirdi va qochqinlarga ijtimoiy maslahatlar berish bilan shugʻullandi. U Jazoir mustaqillik urushi davrida faollik koʻrsatgan.

Jazoir Fransiyadan mustaqillikka erishgach, Nermin otasi Mahmud bilan yashash uchun Bagnols-sur-Cèzega koʻchib oʻtdi. Otasi 1973-yilda vafot etgach, Nermin otasining nafaqasini ola boshladi. Otasining oʻlimidan soʻng Nermin mutlaqo qashshoqlashib qoldi va oʻlimiga qadar toʻshakka mixlanib qoldi.

Nermin Sulton 1998-yil 7-noyabr kuni mahalliy shifoxona boʻlimida 75 yoshida vafot etdi va oʻsha yerda dafn qilindi.

Nasabnomasi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1923-yilda tugʻilganlar Turkum:1998-yilda vafot etganlar Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari