Abu Tohir Yazid () yoki Yazid I Shirvonning oltinchi va Layzanning uchinchi shohi boʻlgan.
Hukmronligi Abu Tohir otasi Muhammadning vorisi sifatida Layzanshoh lavozimida hukmronlik qilgan. Taxminan -yilda Shirvonga hujum qilib, uning hukmdori Alini oʻgʻli Abbos va nabirasi Abubakr bilan birga Darband yaqinidagi Marzuqiya hududida asir olgan. Shoh va uning oʻgʻli qatl etilgan boʻlsa-da, Abubakr qochib qutulishga muvaffaq boʻlgan. Shundan soʻng 918-yilda Yazidiyani (hozirgi Shemaxa, Ozarbayjon) mustahkamlagan.
Taxminan 932-yilda Daysam al-Kurdiydan qochib kelayotgan Muflih as-Sajiy Shirvonga yetib kelgan. Qasosdan qoʻrqqan Abu Tohir Muflihni Daysamning qoʻmondonlaridan biri boʻlgan Balduyaga topshirgan boʻlishi mumkin.
Abu Tohir -yilda Darband amirligi ishlariga aralashgan. Oʻsha vaqtda shahar aholisi oʻz hukmdori Ahmad ibn Abdulmalik I ni quvib chiqarib, amirlikni boshqarish uchun Abu Tohirdan yordam soʻragan edi. Abu Tohir esa ikkinchi oʻgʻli Ahmadni Darbandga yubordi. Biroq bu hukmronlik uzoq davom etmadi. Darbandliklar Ahmadni yana taxtdan tushirib, avvalgi amirni qayta tikladilar. Shundan soʻng Abu Tohir qasos sifatida qal’a atroflarini talon-toroj qildi.
Abu Tohir tez orada Marzuban ibn Muhammad boshchiligidagi hujumga uchradi va Saloriylar bosqiniga qarshi darbandliklar bilan ittifoq tuzishga majbur boʻldi. Garchi jangda gʻalaba qozongan boʻlsa-da, keyinchalik baribir xiroj toʻlashga majbur boʻlgan.
Abu Tohir hukmronligining oxirlarida Darband amirligi va Saloriylar bilan nasroniy qoʻshnilarga qarshi yurishda ittifoq tuzgan. Ehtimol, bu Bagratiylar Armanistoniga qarshi qaratilgan ittifoq edi.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:10-asr Oʻrta Sharq monarxlari Turkum:Shirvonshohlar