Muza Alekseyevna Niýazowa (qizlik familiyasi Melnikova; 1938-yil 10-iyun, Leningrad, RSFSR, SSSR) — turkman jamoat arbobi, 1991—2006-yillarda eri Saparmurod Niyozov oʻlimigacha Turkmanistonning birinchi xonimi boʻlganMuza Niyazova: „Ne poluchilas u nas sovmestnaya jizn“ — - MK.
Tarjimayi holi Muza Niýazowa 1938-yil 10-iyunda Leningradda rus va yahudiy oilasida tugʻilgan. Muzaning otasi Ikkinchi jahon urushida qatnashgan va Sovet armiyasining katta ofitseri boʻlgan. Muza Leningrad politexnika institutini tamomlagan. 1960-yillarning oʻrtalarida Muza oʻsha paytda Kirov zavodida qolipchi boʻlib ishlagan va institutda tahsil olayotgan Saparmurod Niyozov bilan tanishib qolib, turmush qurgan. 1967-yil 18-aprelda Muza oʻgʻli Muratni, ikki yildan soʻng esa qizi Irinani dunyoga keltirganPrezident Turkmenii Saparmurat Niyazov: „Ya pokinu post glavi gosudarstva eщe pri jizni“ — Izvestiya .
Saparmurod Niyozov 1985-yilda Turkmaniston Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi etib tayinlanadi, Niyozovning tayinlanishida Muzaning millati hal qiluvchi rol oʻynagan. Siyosiy byuro aʼzolari bu hodisani turkman millatchiligini cheklaydi deb tushunishgan. Sovet hukumati qulashi va 1990-yilda Turkmanistonda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlaridan soʻng Saparmurod Niyozov Muzadan uzoqlasha boshlaydi, chunki Niyozov oʻz hokimiyatida millatlararo nikohlarning namunasi boʻlishni istamaydi. Niýazowaning umrining keyingi yillarini, asosan koʻp qismini Moskva (Vernadskogo prospektidagi kvartirasida) va London oʻrtasida oʻtkazgan.
Manbalar
Turkum:Sovet yahudiylari