Klaudiya Deyl Goldin (1946-yil 14-mayda tugʻilgan) — amerikalik iqtisodiy tarixchi va mehnat iqtisodchisi. U Garvard universitetida Genri Li nomidagi iqtisodiyot professori hisoblanadi. 2023-yil oktyabr oyida u ayollarning mehnat bozori natijalari haqidagi tushunchani rivojlantirgani uchun Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. U ushbu mukofotni olgan uchinchi ayol bo‘lib, uni yakka holda qo‘lga kiritgan birinchi ayol hisoblanadi.

U Milliy iqtisodiy tadqiqotlar byurosi (NBER)ning „Iqtisodiyotda gender“ tadqiqot guruhi hamrahbari (Klaudiya Olivetti va Jessica Goldberg bilan birga) hisoblanadi. Shuningdek, u 1989-2017-yillarda NBERning „Amerika iqtisodiyotining rivojlanishi“ dasturi direktori ham bo‘lgan.

Goldin asosan ayollar va Amerika iqtisodiyoti tarixiga oid tadqiqotlari bilan mashhur. Bu boradagi eng muhim ishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: og‘iz orqali qabul qilinadigan kontratseptiv tabletkalarning ayollar martabasi va nikoh qarorlariga ta’siri, oliy ta’limda ayollar va erkaklarning birgalikda ta’lim olishi, ayollarning kasb va oila o‘rtasidagi tanlov tarixi, turmushdan keyin ayollar familiyasining ijtimoiy ko‘rsatkich sifatidagi o‘rni, bakalavr talabalar orasida ayollar sonining ortishi sabablari, ayollar bandligining yangi hayotiy modeli.

1990-yilda Goldin Garvard universiteti iqtisodiyot fakultetida doimiy professorlik lavozimi olgan birinchi ayol bo‘ldi. 2013-yilda u Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasi prezidenti bo‘lib ishlagan.

Shaxsiy hayoti Goldin hamkasbi, Garvard universiteti iqtisod professori Lawrence F. Katz bilan turmush qurgan.

Manbalar

Turkum:Ayollar Nobel mukofoti laureatlari Turkum:Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari Turkum:Amerikalik iqtisodchilar