Elizara Yaneva (; 2007-yil 21-martda tugʻilgan) — bolgariyalik tennischi. WTA reytingida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 2026-yil 16-fevralda 228-oʻrinni egallagan .
Sport faoliyati Yoshlar 2024-yilda Yaneva J500 Mérida va J300 Vrsar musobaqalarining har ikkisida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. U, shuningdek, AQShda oʻtkazilgan Orange Bowl turniri finaliga chiqishga muvaffaq boʻldi. Oʻsha yilning aprelida sportchi J300 Plovdiv kubogi finaliga ham yoʻl oldi, finalgacha birorta ham setni boy bermaganiga qaramay, finalda vatandoshi Rositsa Denchevaga magʻlub boʻldi. 2024-yilni sportchi „Grand Slam Player Development Programme dasturi“ ishtirokchisi sifatida yakunladi.
2025-yilda yoshlar oʻrtasidagi Katta dubulgʻa turnirlarida ishtirok etib, Dencheva bilan birgalikda Avstraliya ochiq chempionatining qizlar oʻrtasida juftlik bahslari chorak finalga chiqdi. Biroq chorak final bahsida keyinchalik musobaqa chempioniga aylangan Annika va Kristina Penickovaga yutqazdi. Yaneva 2025-yilga Fransiya ochiq chempionatida qizlar oʻrtasida yakkalik bahslarining ikkinchi bosqichiga chiqdi. Shuningdek, u 2025-yilgi AQSh ochiq chempionatida Fransiya vakilasi Ksenia Efremova bilan juftlik oʻyinlarida ishtirok etdi.
Professional faoliyati Yaneva 2025-yil fevral oyida Ispaniyaning Manacor shahrida W15 darajasidagi musobaqada ilk bor kattalar oʻrtasidagi oʻyinlar chempionligini qoʻlga kiritdi.
U 2025-yil sentyabr oyida Bolgariyaning Pazardzhik shahrida boʻlib oʻtgan W50 Pazardzhik tennis turnirida gʻolib chiqdi. Finalda tennischi fransiyalik Séléna Janicijevicni magʻlub etdi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2007-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Bolgariyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr bolgariyalik ayol sportchilar