Mährijemal Mekandurdyýewna Mämmedowa (1973-yil, Saýat, Saýat etrapi, Lebap viloyati, Turkmaniston SSR, SSSR) — turkman siyosatchisi va oʻqituvchisi, hozirda Turkmaniston hukumati raisining madaniyat va ommaviy axborot vositalari boʻyicha oʻrinbosari.

Tarjimayi holi Mährijemal Mämmedowa 1973-yilda Turkmanistonning Lebap viloyati, Saýat etrapidagi Saýat qishlogʻida tugʻilgan. 1994-yilda Seýitnazar Seýdi nomidagi Turkmaniston davlat pedagogika institutini pedagog-psixolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Mämmedowa dastlab Lebap viloyatining Saýat etrapidagi bolalar bogʻchasida ishlagan. 1997—1999-yillarda shu etrapdagi litseyda maktab psixologi boʻlgan. 2000—2004-yillarda Ashxobodda oʻrta maktab oʻqituvchisi va psixologi boʻlib ishlagan. 2004—2005-yillarda Ashxobod shahridagi 16-oʻrta maktab, soʻngra 51-oʻrta maktab direktorining oʻrinbosari boʻlgan. 2010-yil may oyidan 2011-yil apreligacha Ashxobod shahrining Chandibil etrapida voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha I darajali mutaxassis boʻlib ishlgan. Mämmedowa 2011—2014-yillarda Ashxobodning Kopetdogʻ etrapi hokimining taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2014-yilda Mämmedowa Mari viloyati hokimining taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan va bu lavozimda 2020-yil 3-iyulgacha Ministrlar kabinetiga ishga oʻtgunga qadar ishlagan. 2022-yil 29-iyulda „lavozimiga yuklatilgan majburiyatlarni noloyiq bajarganlik uchun“ hayfsan olgan.

Manbalar

Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:Lebap viloyatida tugʻilganlar Turkum:Turkmaniston ayol siyosatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar