Mariana Dražić (1995-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — xorvatiyalik tennischi.
Mariana Dražićning WTA reytingida 2016-yil 28-noyabrda yakkalik bahslari boʻyicha 692-oʻrinni, juftlik bahslari boʻyicha 2023-yil 18-sentyabrda 226-oʻrinni band qilgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori natijalari hisoblanadi. Sportchi ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasida juftlik bahslari boʻyicha 19 karra chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Dražić WTA turining asosiy toʻr bahslarida ilk bor 2023-yilgi Jasmin ochiq turnirida ishtirok etgan. U musobaqada latviyalik tennischi Darja Semeņistaja bilan juftlik bahslarida qatnashgan.
Shaxsiy hayoti Dražić Xorvatiyaning Makarska shahrida tugʻilgan. U sakkiz yoshida Brela shahridagi kichik tennis klubida tennis boʻyicha mashgʻulotlarni boshlagan. Uning otasi Darko Dražić — sobiq futbolchi, 1990-yilda Xorvatiyaning ilk milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Uning opasi Antoniya esa tennis boʻyicha hakam sifatida faoliyat olib boradi.
Manbalar
Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Xorvatiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr xorvatiyalik ayol sportchilar