Hoji Mirzo Zaynalabdin Tagʻi oʻgʻli Tagʻiyev (; ; 1821-yil 25-yanvar, 1823 yoki 1838-yilda tugʻilgan — 1924-yil 1-sentyabrda vafot etgan) — ozarbayjonlik milliy sanoat magnati va xayriyachi.

Hayoti Zaynalabdin Tagʻiyev Bokuning Icheri-sheherida kambagʻal etikdoʻz oilada tugʻilgan. Otasi Muhammadtaqi Tagʻiyev, onasi Umuxonum boʻlgan. Onasining vafoti va otasining ikkinchi turmushidan soʻng, u yetti kishilik oilani boqish uchun gʻisht terishni oʻrganishni boshlagan. Uning ishga boʻlgan sadoqati qisqa vaqt ichida kasbiy oʻsishni taʼminladi va Zeynalabdin 18 yoshga kelib allaqachon pudratchiga aylangan edi. 1873-yil oʻrtalariga kelib, u aka-uka Sarkislar bilan birgalikda Bokudan bir necha kilometr janubi-sharqda joylashgan Bibi-Haybat shahri yaqinidan yer sotib olgan. Uning maqsadi bu hududdan neft topish edi, biroq uning barcha urinishlari besamar ketdi. Biroz vaqt oʻtgach, Tagʻievning sheriklari oʻz ulushlarini unga sotib, Bokuga qaytib kelishgan. 1877-yilda oʻsha yerdagi quduqlardan biridan neft otilib chiqqan va Tagʻiyev Rossiya imperiyasining eng boy odamlaridan biriga aylangan.

Manbalar

Adabiyotlar Mirbabayev M. F. Ozarbayjon neftining qisqacha tarixi. — Boku, 2008, SOCAR nashriyoti, 350 b.

Havolalar

Azerbaijan International’da Tagiyev haqidagi maqolalar

Turkum:1838-yilda tugʻilganlar Turkum:1924-yilda vafot etganlar Turkum:Ozarbayjonlik milliarderlar Turkum:Ozarbayjonlik xayriyachilar Turkum:1823-yilda tugʻilganlar