Hakan Fidan (1968-yil 17-iyul, Anqara, Turkiya) — turk diplomati, Turkiya tashqi ishlar vaziri, Turkiya xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari.
Tarjimayi holi Hakan Fidan 1968-yil 17-iyulda Turkiyaning Anqara shahrida tugʻilgan. Otasi Varto shahridan boʻlgan (Muş viloyati) etnik kurd, onasi esa denizlilik turk boʻlgan. Fidanning otasi kurdlarning Hasaniy qabilasiga mansub, ammo Hakan Fidan oʻzini turk millatiga mansub deb hisoblaydi. Fidan kurd tilida erkin soʻzlasha oladi. Maryland shtati universitetida boshqaruv va siyosatshunoslik boʻyicha magistraturani tugatgandan soʻng, Fidan Bilkent universitetida fan doktori darajasini olgan. 1986—2001-yillarda Turkiya armiyasida unter-ofitser boʻlib xizmat qilgan. 2003—2007-yillarda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligini () boshqargan. 2007-yil noyabr oyida Fidan Vazirlar mahkamasida davlat kotibining oʻrinbosari etib tayinlanadiHakan Fidan kimdir? Özgeçmişinde neler var? İşte engenç MİT Başkanı'nın özgeçmişi , Vatan, 2012-yil 11-fevral. 2010-yil 27-maydan 2015-yil 10-fevralgacha Turkiya xavfsizlik xizmati rahbari boʻlgan. Turkiya parlamenti saylovlarida Adolat va taraqqiyot partiyasidan oʻz nomzodini qoʻyish uchun lavozimini tark etgan. 2015-yil 9-martda Fidan oʻz nomzodidan voz kechib, avvalgi lavozimiga qaytadi. 2009-yilda Hakan Fidan Osloda Kurdiston ishchi partiyasi bilan yashirin tinchlik muzokaralarida ishtirok etgan hamda Abdullah Öcalan bilan suhbatlashganProfile: Turkey’s 'secret-keeper' Hakan Fidan , Al Jazeera, 2013-yil 22-martInvestigation of Turkish Intelligence head wonʼt proceed, says prosecutor, Hurriyet, 2013-yil 22-mart. Rossiyaning Ukrainaga keng koʻlamli bostirib kirishi paytida Fidan Ukraina va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida harbiy asirlarni almashish boʻyicha muzokaralarda ishtirok etgan. 2022-yil oktyabr oyida Ukraina prezidenti ofisi raisi Andrey Yermak Fidanga „215 nafar harbiyni ozod qilishga yordam bergani va Turkiyadagi Azovstal himoyachilari uchun sharoit yaratgani uchun“ minnatdorchilik bildiradi. 2023-yil 3-iyunda Fidan Turkiyaning 67-Vazirlar mahkamasi (hukumati) tomonidan Turkiya tashqi ishlar vaziri etib tayinlanadi. Nuran Fidan bilan turmush qurgan. Uch nafar farzandi bor.
Mukofotlari Hakan Fidan Ukraina hukumati tomonidan „davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash, Ukrainaning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlash, Ukraina davlatini dunyoga tanitishga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi uchun“ III darajali „Xizmatlari uchun“ ordeni (2022-yil 4-noyabr, Ukraina), „Ozarbayjon doʻsti“ oltin ordeni (2024-yil, „Mening Ozarbayjonim“ jurnali), „Yoshlar tashkilotlari ishini faollashtirishni qoʻllab-quvvatlagani uchun“ Islom konferensiyasi tashkiloti huzuridagi Yoshlar tashkilotining maxsus sertifikati (2007-yil)МОЛОДЕЖЬ ИГРАЕТ АКТИВНУЮ РОЛЬ В ИНТЕГРАЦИИ НАРОДОВ ТЮРКОЯЗЫЧНЫХ СТРАН bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Turkiyalik siyosatchilar Turkum:Turkiya Tashqi ishlar vazirlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar