Gabriela Andrea Knutson (; 1997-yil 21-aprelda tugʻilgan) — AQShda tugʻilgan, hozirda musobaqalarda Chexiya sharafini himoya qiluvchi tennischi.

Knutson WTA reytingida yakkalik bahslar boʻyicha 155-oʻrinni (2023-yil 6-noyabr), juftlik bahslari boʻyicha 270-oʻrinni (2023-yil 17-aprel) qayd etgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori reyting koʻrsatkichlari hisoblanadi.

Yoshligi Knutsonning otasi amerikalik, onasi chexiyalik boʻlgan. 12 yoshida u Kaliforniyadan Chexiya Respublikasiga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik Prostějovdagi tennis akademiyasi tomonidan berilgan taklifni qabul qilib, u yerga koʻchib borgan.

Knutson 5-sinfdan keyin onlayn tarzda oʻqigan va shu tarzda maktabni tamomlagan. Bolalikda uning eng sevimli tennischisi Caroline Wozniacki boʻlgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chexiyalik ayol tennischilar