thumb|upright=1.75|Qoraxoniylar hukmdori Iligxon Nasr (chapda) fil ustida oʻtirgan Mahmud Gʻaznaviyning qarshisida, 1017—1018-yillar. „Jome at-tavorix“ asari, 1306—1314-yillar (Edinburgh Or Ms 20)

Abulhusayn Nasr, Iligxon unvoni bilan mashhur, shuningdek, Iligxon Nasr (1012-yilda vafot etgan) deb ham ataluvchi Qoraxoniylar hukmdori boʻlgan. Ali Arslonxonning oʻgʻli.

Iligxon 999-yilda Buxoroni Somoniylardan tortib olib, mazkur sulolaning tugashiga sabab boʻlgan. Shundan soʻng Mahmud Gʻaznaviy bilan kelishuvga erishib, sobiq Somoniylar hududlarini Amudaryo boʻylab oʻzaro boʻlib olishga rozi boʻlgan. Ushbu kelishuv natijasida islom dunyosining shimoli-sharqiy hududlari ikki turkiy davlat — Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar hukmronligi ostiga oʻtgan va bu Ichki Markaziy Osiyodan turkiy xalqlarning koʻchib kelishi uchun sharoit yaratgan. Iligxon 1012/1013-yilda vafot etgan va uning oʻrniga ukasi Ahmad Tugʻanxon taxtga chiqqan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Osiyo monarxlari Turkum:1012-yilda vafot etganlar