Renata Voráčová (1983-yil 6-oktyabrda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi. WTA Tur musobaqalarida juftlik yoʻnalishi boʻyicha 11 ta, WTA 125 turnirlarida 3 ta, shuningdek, ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 15 ta, juftlik yoʻnalishi boʻyicha 58 ta unvonni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. 2010-yil 11-oktyabrda yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 74-raqamga koʻtarilgan. 2017-yil 21-avgustda WTA juftlik yoʻnalishi reytingida esa 29-oʻringa koʻtarilgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori reyting koʻrsatkichi hisoblanadi.
Yoshligi Voráčováning otasi Frantisekning gaz kompaniyasi bor, onasi Vlasta esa sport markazini boshqaradi. Uning David ismli akasi professional raqqos hisoblanadi. Renata 7 yoshida tennis oʻynashni boshlagan.
Sport faoliyati Yoshlar toifasida Voráčová yakkalik yoʻnalishi boʻyicha jahonning 4-raqami va juftlik yoʻnalishi boʻyicha 3-raqamiga koʻtarilishga erishgan. Uning yoshlar oʻrtasida tashkil etilgan sport musobaqalarida qayd etgan yorqin yutuqlardan biri Petra Cetkovská bilan birga 2001-yilgi Fransiya Ochiq chempionatining juftlik bahslari gʻolibligi boʻlgan.
Manbalar
Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chexiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr chexiyalik ayol sportchilar