Ilyos ibn Asad (856-yilda vafot etgan) — Hirotning Somoniy hukmdori (). Asad ibn Somonning toʻrt oʻgʻlidan biri.
819-yilda Ilyos xalifa al-Maʼmunning Xurosondagi noibi Gʻasson ibn Abboddan isyonchi Rofe ibn Laysga qarshi kurashda koʻrsatgan yordami evaziga Hirot shahrini boshqarish huquqini olgan. Boshqa uch aka-ukasidan farqli oʻlaroq, Ilyosga Movarounnahrdan shahar berilmagan edi. 856-yilda Ilyos vafot etgach, Hirot boshqaruvi uning oʻgʻli Ibrohimga oʻtgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Oʻtmishdoshi:Mavjud emasSomoniy hukmdor (Hirotda)819—856Vorisi:Ibrohim ibn Ilyos