Vitalina Koval ukrainalik inson huquqlari faoli. U ayollar huquqlari va LGBT huquqlari uchun kurashadi. Vitalina Koval Ujgoroddan.
Faolligi Vitalina Koval LGBT odamlar uchun ijtimoiy tadbirlar uyushtirgan, lekin ular asosan yashirin boʻlgan. Keyinchalik u Ujgorodda LGBT odamlar uchun hamjamiyat markazini tashkil etdi. Markaz LGBT odamlarga oʻzaro koʻmak (peer to peer) taklif qilgan.
Vitalina Koval LGBT ozchiliklarni nafrat asosida sodir etiladigan jinoyatlardan himoya qilish uchun kampaniya olib boradi. U 2017 va 2018-yillarda Xalqaro xotin-qizlar kuni namoyishlarini tashkil qilgan. Radikal guruh boʻlgan Karpatska Sich 2018-yilda namoyishga hujum qilgan. Vitalina Koval boʻyoq sepilishi oqibatida koʻzidan jarohat olgan. U bu hujum haqida politsiyaga xabar bergan. Ikki kishi bu hujum uchun sud qilinmoqda, biroq hujumni nafrat jinoyati sifatida baholash boʻyicha tergov davom etmoqda. 2018-yilda Koval ishi Amnesty Internationalning „Write for Rights“ (Huquqlar uchun yozing) kampaniyasida yoritilgan.
Vitalina Koval va uning guruhiga aʼzo boʻlganlar oʻta oʻng guruhlar tomonidan tahdidga uchrashgan.
Xalqaro inson huquqlarini himoya qilish
Vitalina Koval Parijdagi Inson huquqlari sammitida ishtirok etgan. U, shuningdek, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Federica Mogherini bilan 2019-yil avgust oyida Helsinkida boʻlib oʻtgan YI tashqi ishlar vazirlari Gymnich uchrashuvida koʻrishgan.
Manbalar
Turkum:Ukrainalik ayol aktivistlar Turkum:LGBT huquqlari faollari Turkum:Ukrainalik feministlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar