Bronks hayvonot bogʻi (Bronks zoologiya bogʻi yoki Bronks zoologiya bogʻlari deb ham ataladi) — Nyu York shahrining Bronks tumanidagi Bronks bog‘i hududida joylashgan. U maydoni jihatidan Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi eng katta hayvonot bogʻlaridan biri va shahar ichidagi eng yirik hayvonot bogʻi hisoblanadi. U 265 akr (107 ga) bogʻ hududi hamda Bronks daryosi bilan ajratilgan tabiiy yashash muhitlarini oʻz ichiga oladi. 2009-yilgi maʼlumotlarga koʻra, hayvonot bogʻiga har yili oʻrtacha 2,1 million kishi tashrif buyuradiBridges, William. Gathering of Animals: An Unconventional History of the New York Zoological Society. New York: Harper & Row, 1974.. Hayvonot bogʻining Astor Court nomi bilan mashhur boʻlgan dastlabki binolari dengiz sherlari saqlanadigan katta doirasimon hovuz atrofida guruhlangan Beaux-Arts uslubidagi pavilyonlar majmuasi koʻrinishida loyihalashtirilgan. Haykaltarosh Paul Manship tomonidan 1934-yilda yaratilgan Reyni memorial darvozalari 1972-yilda Tarixiy joylarning milliy reestriga kiritilgan.

Hayvonot bogʻi 1899-yil 8-noyabrda ochilgan boʻlib, oʻshanda 22 ta eksponatda 843 ta hayvon namoyish etilgan. Uning birinchi direktori William Temple Hornaday boʻlib, u 30 yil davomida ushbu lavozimda xizmat qilgan. Tashkil etilganidan buyon hayvonot bogʻi hayvonlarni asrashda muhim rol oʻynab kelmoqda. 1905-yil bir necha oʻn milliondan atigi bir necha yuztagacha kamayib ketgan Amerika bizonlarini qirilib ketishdan saqlab qolish maqsadida Amerika bizonlari jamiyati tuzildi. Ikki yil oʻtgach, bizonlar muvaffaqiyatli ravishda tabiatga qaytarildi. 2007-yil hayvonot bogʻi uchta Xitoy alligatorini tabiatga muvaffaqiyatli qaytardi. Ushbu naslchilik loyihasi hayvonot bogʻining ushbu turni Xitoydagi Yanszi daryosiga qayta joylashtirish boʻyicha 10 yillik saʼy-harakatlaridagi muhim bosqich boʻldi.

Bronks hayvonot bogʻi oʻzining boy va rang-barang hayvonlar kolleksiyasi hamda nufuzli mukofotlarga sazovor boʻlgan koʻrgazmalari bilan butun dunyoga mashhur. Hayvonot bogʻi Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamiyati tomonidan boshqariladigan toʻrtta hayvonot bogʻi va bitta akvariumdan iborat yaxlit tizimning bir qismidir hamda Hayvonot bogʻlari va akvariumlar uyushmasi akkreditatsiyasidan oʻtgan.

Tabiatni muhofaza qilish 1905-yilda hayvonot bogʻining birinchi direktori William T. Hornaday, Prezident Theodore Roosevelt va boshqa tabiat himoyachilari bilan birgalikda Amerika bizonlarini qirilib ketishdan saqlab qolish maqsadida Amerika bizonlari jamiyatiga asos soldilar. XIX asr oxiriga kelib, Gʻarbga qarab kengayish jarayonlari natijasida bizonlar soni bir necha oʻn milliondan atigi bir necha yuztagacha kamayib ketgan edi. Jamiyat ushbu turni tutqunlikda koʻpaytirish, jamoatchilik xabardorligini oshirish, muhofaza etiladigan qoʻriqxonalar tashkil qilish uchun mablagʻ yigʻish va bizonlarni yovvoyi tabiatga qaytarish yoʻlida ish olib bordi. 1907-yil 11-oktabrda bizonlarni tabiatga qaytarishning birinchi bosqichi boshlandi: hayvonot bogʻi temir yoʻl orqali Oklaxomadagi Uichito-Muantins qoʻriqxonasiga oltita erkak va toʻqqizta urgʻochi bizonni yubordi. Oradan yetti kun oʻtib, hayvonlar bogʻ hududiga muvaffaqiyatli joylashtirildi. 1935-yilga kelib, hayvonot bogʻlari va rancholarda saqlanayotgan bizonlarni tabiatga qaytarish boʻyicha yana bir qancha muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan jamiyat oʻz missiyasini bajarilgan deb hisobladi va oʻsha yili tarqaldi.

Manbalar

Havolalar

Wildlife Conservation Society Popular Official Guide to the New York Zoological Park, 1915

Turkum:Bronks hayvonot bog‘i Turkum:Bronksdagi diqqatga sazovor joylar