Shahzoda Abdulloh (; 1465-yil — 1483-yil 6-noyabr) — Usmoniylar shahzodasi, sulton Boyazid II va uning joriyasi Shirin xotunning oʻgʻli.
Yoshligi Shahzoda Abdulloh 1465-yilda Amasya tumanida tugʻilgan. Uning otasi shahzoda Boyazid (keyinchalik sulton Boyazid II), onasi esa qul joriya Shirin xotun boʻlgan. Onasi Usmoniylar qul savdosi orqali Usmoniylar haramiga keltirilgan, kelib chiqishi nasroniy qullardan biri boʻlib, haramga kelganidan soʻng islomni qabul qilgan va unga yangi ism berilganPeirce, Leslie (1993). The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire. Oxford: Oxford University Press. ISBN 0-19-508677-5.. Shahzoda Abdulloh Aynishoh Sultonning tugʻishgan ukasi boʻlgan. Shahzoda Boyazidning eng katta oʻgʻli boʻlgani uchun Shirin xotunga BaşKadın (bosh xotin) unvoni berilgan. Abdulloh yaxshi taʼlim olgan, uning muallimlari Tojuddin Ibrohim bey, Karagöz posho va Hadim Sinan posho boʻlgan.
Hokimiyat Turk anʼanasiga koʻra, barcha shahzodalar tayyorgarlikning bir qismi sifatida viloyat hokimi boʻlib xizmat qilishi kutilardi. 1467-yilda u onasi Shirin xotun va opasi bilan birga hokim sifatida Manisaga yuborildi. 1472-yilda u Istanbulga qayta chaqirildi va 1472-yil 17-iyulda bobosi Mehmed II Fotih hamda Chechak xotunning oʻgʻli, Boyazidning oʻgay ukasi va Abdullohning oʻgay amakisi boʻlgan Shahzoda Cem bilan birga sunnat qilindi. Sunnat qilinganidan soʻng u hokim sifatida Trabzonga koʻchib bordi. Abdulloh 1476-yilgacha 4 yil Trabzonda hokim boʻlib xizmat qildi. Soʻng yana Manisaga hokim sifatida qayta tayinlanib, 1481-yilgacha oʻsha yerda xizmatini davom ettirdi.
1481-yilda bobosi sulton Mehmedning vafotidan keyin taxt uchun otasi Boyazid va Cem oʻrtasida kurash boshlandi. Abdulloh ikki aka-uka oʻrtasida Yenishahar yaqinida boʻlib oʻtgan jangda katta rol oʻynadi. 1481-yil 20-iyunda Cem va uning tarafdorlari magʻlub boʻldi va Boyazid Usmoniylar sultoni boʻldi, Jem esa oilasi bilan oʻsha paytda Mamluk sultonligi tasarrufida boʻlgan Qohiraga qochdi. 1481-yil iyulda Cemning magʻlubiyatidan soʻng boʻsh qolgan Konya viloyati boshqaruviga Abdulloh tayinlandi.
Abdullohning Konyaga tayinlanishining asosiy sababi Cemning qaytib kelish xavfini hamda Karamanoğullarıning tahdidini kamaytirish edi. Sobiq bosh vazir va flot admirali Gedik Ahmed posho Abdullohni himoya qilish uchun Konyaga keldi. Karamanoğullarıdan boʻlgan Qosim bey Konyaga yurish qildi, Karaman hokimi Hadim Ali posho Qosim bey bilan toʻqnash keldi, biroq Karamanoğulları son jihatdan ikki baravar koʻp boʻlgani sababli ular magʻlub boʻlishdi va Shahzoda Abdulloh hamda Ali posho Konya qal’asida qamalda qoldi. Bu haqida Gedik Ahmad poshoga xabar berildi va u Abdullohni ozod qilishga muvaffaq boʻlib, Ali poshoni Mut qal’asiga yubordi. Shahzoda Abdullohni himoya qilish asosiy maqsadga aylandi va uning xavfsizligi uchun Boyazid Ahmad posho va Ali poshoga ularni Afyonkarahisarga olib borishni buyurdi. Qosim bey shahardan ketgach, shahzoda keyinchalik Konyaga qaytdi.
Keyingi yili Shahzoda Cem Qohira va boshqa joylardan oʻziga sodiq kishilarni toʻplab, Konyaga bostirib kirishni rejalashtirdi. Shahzoda Abdulloh va Gedik Ahmad posho Cemning Mehmed bey boshchiligidagi kuchlari bilan Konyadagi Chuqurchimen platosida toʻqnash keldi. Bundan tashqari ularga Qosim beyning qoʻshinlari ham qoʻshildi. Biroq Cemning kuchlari Anqaraga tomon yurish qilganida ular Hadim Ali posho tomonidan magʻlub etildi va shu magʻlubiyat sabab Cem 1482-yil 29-iyulda Rodosga suzib ketdi. Bu sinov davomida Abdullohni ham qoʻmondonlar, ham otasi qoʻllab-quvvatladi.
Shahzoda Abdulloh turli viloyatlarda hokimlik qilgan paytida ayrim soliqlarni bekor qilgan, vaqflarga yer ajratib, ularga tegishli huquqlarni bergan, shuningdek, oʻz nomi bilan atalgan diniy maskan ham tashkil etgan.
Shaxsiy hayoti 1480-yilda Abdulloh Nargisshoh (yoki Nargiszoda) Farahshod Sultonga uylangan. Nargizshoh Shahzoda Mustafoning qizi edi. Shahzoda Mustafo esa sulton Mehmed II hamda Gulshoh xotunning oʻgʻli, Boyazidning oʻgay ukasi boʻlgan. Ularning 1481-yilda tugʻilgan Shahzoda Falon ismli oʻgʻli, 1482-yilda tugʻilgan Aynishoh ismli va 1484-yilda (otasining vafotidan keyin) tugʻilgan Shohniso ismli qizi boʻlgan.
Vafoti Shahzoda Abdulloh 1483-yil 6-noyabrda Konya shahrida 18 yoshida surunkali xastalik sabab vafot etdi. Uni zaharlashgan deyilgan boʻlsa-da, aslida tabiiy sabablar bilan oʻlgan. Uning jasadi Bursaga olib borilib, Murodiya majmuasida Shahzoda Mustafo maqbarasiga dafn etildi. Abdullohning oʻlimidan soʻng Konyaga hokim etib uning kichik oʻgay ukasi Shahzoda Shahinshoh tayinlandi. Onasi esa nafaqaga chiqdi va Bursaga ketdi. Nafaqaga chiqqanidan keyin Shirin xotun Abdulloh uchun bir maqbara qurdirgan boʻlib, keyinchalik oʻzi hamda nabirasi Aynishoh ham vafotidan keyin shu yerga dafn etilgan.
Farzandlari Shahzoda Abdulloh va Nargisshoh Farahshodning 1 oʻgʻli va 2 qizi boʻlgan:
Shahzoda Falon (1481 — 1489); Aynishoh Sulton (1482 — 1540) Ahmad poshoga turmushga chiqqan. Vafotidan keyin Shirin xotun maqbarasida dafn etilgan; Shohniso Sulton (1484-yilda otasining vafotidan keyin — 1540) avval amakivachchasi Shahzoda Mehmed Shohga (1512-yilda vafot etgan, Shahzoda Shahinshohning oʻgʻli, Boyazid II ning nabirasi) turmushga chiqqan. Ikkinchi marta Mirzo Mehmed posho (1517-yilda vafot etgan) bilan oila qurgan. Posho avval uning xolasi, Boyazid II ning qizi Fotma Sulton bilan turmush qurgan edi va uning Sultonzoda Shamsi Ahmad posho ismli oʻgʻli boʻlgan. Uchinchi marta Nuri beyga turmushga chiqqan.
Nasabi
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:1465-yilda tugʻilganlar Turkum:1483-yilda vafot etganlar Turkum:Sultonlarning o‘g‘illari