Meshkatolzahra Safi (; 2004-yil 5-avgustda tugʻilgan) — eronlik tennischi. Katta dubulgʻa turnirida ishtirok etib, birinchi bosqichda gʻalaba qozongan ilk eronlik ayol tennischi. 2022-yilgi Avstraliya ochiq chempionatining qizlar oʻrtasida yakkalik bahslari, xuddi shu musobaqaning qizlar oʻrtasida juftlik bahslari va 2022-yilgi Fransiya ochiq chempionatining qizlar oʻrtasida yakkalik bahslarida ishtirok etgan.
Sportchi viza olishga ulgurmagani sababli 2022-yilgi Wimbledon musobaqasida ishtirok eta olmagan.
Safi tarixda ITF oʻsmirlar reytingida top-100 talikka kirgan birinchi eronlik ayol tennischi hisoblanadi. U 2022-yil 21-martda ITF oʻsmirlar reytingida 69-oʻrinni egallagan.
Safi ispaniyalik tennis afsonasi Rafael Nadalning oʻyinlarini tomosha qilib, undan oʻrnak olganini taʼkidlagan. Nadal uning Avstraliya ochiq chempionatiga yoʻllanma olgani va bu natijaga erishishi uchun unga ilhom berganidan juda faxrlanishini aytgan. Sportchi 2022-yilgi Avstraliya ochiq chempionati davomida Nadal bilan uchrashish imkoniyatiga ega boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Eronlik ayol tennischilar