Marjan Kalhor (; 1988-yil 21-iyulda Tehronda tugʻilgan) — eronlik changʻichi. Vankuverda oʻtkazilgan 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan va Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan birinchi eronlik ayol sportchiga aylangan. Slalom va ulkan slalom yoʻnalishlarida qatnashgan. Shuningdek, Olimpiadaning ochilish marosimida bayroqdor ham boʻlgan. Kalhor ulkan slalom yoʻnalishida 86 nafar ishtirokchi orasida 60-oʻrinni, slalom yoʻnalishida esa 87 nafar ishtirokchi orasida 55-oʻrinni egallagan.

Kalhor changʻida uchishni 4 yoshida Tehron shimolidagi Dizin kurorti Alburz togʻ tizmalarida boshlagan. 11 yoshida u milliy musobaqada ishtirok etib gʻolib chiqqan. Keyinchalik esa Turkiya va Livanda oʻtkazilgan musobaqalarda qatnashib, medallarni qoʻlga kiritgan. Sportchi hali Jahon kubogi musobaqalarida ishtirok etmagan. Kalhor boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchisi sifatida tahsil olmoqda.

2023-yil 7-iyunda Kalhor eronlik hamkasbi, changʻichi Porya Saveh Shemshaki bilan birga Fransiyaga koʻchib ketgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Tehronlik changʻichilar Turkum:Eronlik qochqinlar