Yulduz soat minorasi () — Turkiyaning Istanbul shahri Beshiktosh tumani Yulduz mahallasida, Bosfor boʻgʻozining Yevropa tomonida joylashgan soat minorasi. Yıldız Hamidiye masjidi hovlisiga tutash hududda qad rostlagan.
Tarixi Minora 1889-yilda Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulhamid II (1842–1918) buyrugʻi bilan qurilgan. Qurilish ishlari 1890-yilda yakunlangan.
Tuzilishi Usmoniylar va neo-gotik uslubidagi uch qavatli inshoot sakkiz burchakli reja asosida qurilgan. Birinchi qavatning tashqi qismida toʻrtta bitik mavjud, ikkinchi qavatda termometr va barometr joylashgan, eng yuqori qavat esa soat xonasi hisoblanadi. Soat 1993-yilda taʼmirlangan. Bezakli tomning eng yuqori qismida kompas koʻrsatkichi joylashgan.
Yana qarang Yulduz saroyi Yıldız Hamidiye masjidi Izmit soat minorasi Dolmabahçe soat minorasi İzmir soat minorasi
Manbalar
Havolalar
Istanbul metropolitan munitsipaliteti Istanbul qal’alari, minoralari va ustunlari
Turkum:Istanbuldagi binolar va inshootlar Turkum:Turkiyadagi soat minoralari Turkum:Istanbuldagi usmoniylar me’morchiligi Turkum:1890-yilda yakunlangan minoralar Turkum:Yulduz saroyi Turkum:Beşiktaş Turkum:Usmoniylar soat minoralari Turkum:Turkiyada 19-asr me’morchiligi