Simin Keramati (; 1970-yilda tugʻilgan) eronlik-kanadalik koʻp tarmoqli vizual rassom va faoldir. U asosan rassom, video-rassom, installyatsiya rassomi va kinorejissyor sifatida tanilgan. Keramatiy Toronto shahrida yashaydi.

Hayoti Simin Keramatiy 1970-yilda Tehron shahrida tugʻilgan. U Tehron Sanʼat universitetida tahsil olib, u yerda 1996-yilda rangtasvir boʻyicha bakalavr (B.A) va magistr (M.A) darajalarini olgan, shuningdek, Islomiy Ozod universitetida 1995-yilda ingliz tili boʻyicha bakalavr (B.A) darajasini olgan. U 2013-yilda Toronto shahriga koʻchib oʻtgan, u yerda oliy bitiruvdan keyingi daraja olish uchun George Brown kollejida oʻqigan.

Keramatiyning ijodi ijtimoiy-siyosiy mavzular, shaxsiy identitet va Eron ayollari duch kelayotgan adolatsizliklarga qaratilgan. Uning zamondosh rassomlari qatoriga Shirin Neshat, Shadi Gʻadirian va Nevsha Tavakolian kiradi.

2009-yilda Keramatiy London shahridagi Asia House markazida Arianne Levene va Eglantine de Ganay tomonidan kuratsiya qilingan Made in Iran nomli guruh koʻrgazmasida ishtirok etgan. Koʻrgazmada qatnashgan boshqa rassomlar orasida Nazgol Ansariniya, Shirin Aliabadiy, Behruz Rae, Vahid Sharifian, Peyman Hushmandzadeh va Arash Hanaei bor edi. Uning asarlari 2018-yilda San-Fransiskodagi SOMA Artsda boʻlib oʻtgan, Moms Against Poverty (MAP) notijorat guruhi hamkorligida tashkil etilgan Art Brief IV: Eron zamonaviy sanʼati San-Fransisko nomli guruh koʻrgazmasida ham namoyish etilgan.

2022-yil sentyabr oyida, Mahso Aminiy oʻldrilishi boʻyicha norozilik namoyishlari chogʻida u Ontorio qonunchilik majlisi binosi oldida oʻtkazilgan norozilik tadbirini tashkil etishda yordam bergan va Keramatiy shuningdek muhim norozilik plakatini yaratgan.

Keramatiy PaykanArtCar loyihasining ikkinchi qismi boʻlgan ishni yaratdi, u 2023-yil iyun oyida taqdim etilgan.

Manbalar

Havolalar Official website

Turkum:Eronlik ayol rassomlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar