Farangiz Yeganegi (Shohruh) () (1916-yil 11-mayda tugʻilgan — 2010-yil 13-fevralda vafot etgan) — Erondagi hunarmandchilik tashkilotining asoschisi va direktori boʻlib xizmat qilgan. Shuningdek, Eron ayollar tashkiloti Bosh kotibining yordamchisi vazifasini ham bajargan. Tehronda kutubxona qurdirib, unga rahmatli turmush oʻrtogʻi Ardeshir Yeganegining nomini bergan.

Hayoti Farangiz Yeganegi 1916-yil 11-mayda Tehronda tugʻilgan. Uning otasi Kayxusrav Shohruh Eron parlamentida zardushtiylar vakili boʻlgan, onasi esa Firuza Farrohiy edi. Yeganegi boshlangʻich taʼlimni zardushtiy bolalar uchun moʻljallangan Eron maktabida boshlagan. Soʻng Tehrondagi Amerika kollejini tamomlagan. U Tehron universitetining adabiyot kollejida bakalavr darajasini olgan. Shundan keyin Farangiz Qoʻshma Shtatlarga safar qilib, USC Suzanne Dworak-Peck ijtimoiy ish maktabida taʼlimini davom ettirgan va magistr darajasini egallagan. 1933-yilda u Ardeshir Yeganegi bilan turmush qurgan, ularning Firuza, Parviz va Kambiz ismli uch farzandi boʻlgan. Keyinchalik erining vafotidan soʻng Yeganegi Hindiston havo marshali Aspy Injenerga turmushga chiqqan.

Yana qarang Eronda ayollar huquqlari harakati

Manbalar

Turkum:1916-yilda tugʻilganlar Turkum:2010-yilda vafot etganlar Turkum:Tehron universiteti bitiruvchilari Turkum:Eronlik ayollar huquqlari faollari Turkum:Tehronliklar