West Side Place — Avstraliyaning Viktoriya shtatidagi Melburn shahrida Spenser ko‘chasining 250-uyida joylashgan, umumiy qiymati 2 milliard avstraliya dollariga teng boʻlgan toʻrtta osmonoʻpar binolar majmuasi.
Majmua haqida Majmuaning eng baland binosi — A-minora (1-minora) — 663 ta xonadan va 81 qavatdan iborat bo'lib, balandligi ga etadi. , bu bino Melburndagi to'rtinchi va Avstraliyadagi ettinchi eng baland bino hisoblanadi. Xonalardan tashqari, binoda 257 xonali besh yulduzli mehmonxona ham joylashgan. Mehmonxonani boshqarish The Ritz-Carlton mehmonxona tarmogʻiga topshirilgan bo'lib, u 2023-yilning mart oyida foydalanishga ochildi. Mehmonxona 61-qavatdan 80-qavatgacha bo'lgan qismni egallaydi; uning asosiy qabul zonasi (sky lobby) 80-qavatda joylashgan.
65 qavatli B-minora (2-minora) 714 ta xonadan iborat boʻlib, balandligi ni tashkil etadi. C-minora (3-minora) 70 qavat balandligida ga etib, 684 ta xonani va Dorsett Hospitality International kompaniyasiga tegishli 316 xonali to'rt yulduzli mehmonxonani oʻz ichiga oladi. balandlikdagi D-minora (4-minora) esa 72 qavat boʻyi 835 ta xonani oʻz ichiga oladi.
2 milliard avstraliya dollariga teng bo'lgan ushbu loyiha umumiy maydoni bilan Melburndagi shahar ichidagi eng yirik qurilish hisoblanadi. Far East Consortium tomonidan amalga oshirilgan mazkur loyiha 2013-yilda taklif etilgan va 2014-yilning oʻrtalarida oʻsha davrning shaharsozlik vaziri Metyu Gay tomonidan tasdiqlangan. Majmuaning toʻliq foydalanishga topshirilishi 2022-yil uchun rejalashtirilgan ediBaljak, Mark (4 August 2014). "Far East Consortium's massive 250 Spencer Street design unveiled?". Urban Melbourne. Retrieved 28 January 2015.. Biroq 2022-yilning fevralida podratchi Probuild kompaniyasi maʻmuriy boshqaruvga oʻtkazilgach, qurilish toʻxtatib qoʻyildi. Qolgan ikki minora Multiplex tomonidan 2023-yilda yakunlandi.
Manbalar
Havolalar
Turkum: Avstraliyadagi osmonoʻpar binolar