Weronika Ewald (2006-yil 20-fevralda tugʻilgan) — polshalik tennischi.
Ewald oʻsmirlar oʻrtasida 2023-yilgi Avstraliya ochiq chempionatining yakkalik bahslari chorak finaliga chiqishga muvaffaq boʻlgan. Chorak finalda sportchi Ranah Stoiberga magʻlub boʻlgan. Iga Shvyontek jarohati sababli musobaqada ishtirok etishdan voz kechgach, Ewald 2023-yilgi Polsha Billie Jean King kubogi musobaqasining saralash bosqichida ishtirok etuvchi tarkibga kiritilgan.
Ewald WTA turi asosiy toʻr bahslaridagi debyut ishtirokini 2022-yilgi WTA Polsha ochiq turniri juftlik bahslarida amalga oshirgan. Sportchi ushbu turnirda Zuzanna Bednarz bilan juftlik bahslarida ishtirok etgan va birinchi davrada Natela Dzalamidze va Viktoriya Golubich.ga yutqazgan. 2023-yilda Ewald WTA Polsha ochiq turniri yakkalik bahslariga yoʻllanma olgan va ushbu musobaqaning asosiy toʻr bahslarida ilk oʻyinini oʻtkazgan. Tennischi musobaqaning birinchi davrasida Rebecca Šramkovága magʻlub boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Polshalik ayol tennischilar Turkum:2006-yilda tugʻilganlar Turkum:21-asr polshalik ayol sportchilar