Turk gilamlari — qadimiy tarix va anʼanalarga ega boʻlgan eng mashhur hunarmandchilik turlaridan biri boʻlib, Turkiya madaniy merosida alohida oʻrin tutadi. Anadolu gilamlarida Vizantiya imperiyasi sanʼatiga xos naqshlarning izlarini koʻrish mumkin. Shuningdek, Markaziy Osiyodan koʻchib kelgan turkiy xalqlar, armanlar, Kavkaz va kurd qabilalari ham oʻzlarining anʼanaviy naqsh va bezaklari bilan bu sanʼatning rivojlanishiga hissa qoʻshganThe Brukenthal Museum: The extraordinary value of the Anatolian Carpet . Brukenthalmuseum.ro. Retrieved on 2012-01-27.. Bu gilamlar uy-roʻzgʻorda foydalanish, mahalliy bozorlarda sotish, eksport qilish hamda diniy maqsadlarda ishlatilgan. Shuningdek, ular polga toʻshalish bilan bir qatorda devorlarga ham ilingan. Gilam toʻqish insoniyat tarixidagi eng qadimiy hunarmandchilik turlaridan biri boʻlib, unga rasm tushirish orqali urf-odatlar, qadriyatlar hamda madaniy anʼanalarni oʻzida mujassamlashtirgan. Sharq gilamlari ichida Anadolu gilamlari oʻziga xos boʻyoqlari va ranglari, naqshlari, tuzilishi hamda toʻqish usullari bilan ajralib turgan. Turli xil oʻlchamlarga ega ushbu gilamlar ichida kichik yostiqcha gilamchalardan tortib, butun xonani qoplay oladigan yirik gilamlargacha bor edi. Islomning kirib kelishi va islomiy sanʼatning taraqqiyoti Anadolu gilamlari dizayniga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Gilamlar asosan qoʻy juni, paxta va tabiiy boʻyoqlardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan. Milodiy XIII asrdan keyin G‘arbiy Yevropa bilan islom olami oʻrtasidagi siyosiy aloqalar va savdo-sotiq tobora kuchaydi. XIV asrda Usmonli imperiyasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri savdo yoʻlga qoʻyilgach, turli xil gilamlarning barchasi umumiy holda „turk gilamlari“ nomi bilan savdo qilina boshlagan. XIX asr oxiridan boshlab sharq gilamlari Gʻarb dunyosida sanʼatshunoslik, tarix va ilmiy tadqiqotlarning muhim mavzusiga aylandi. Gilamlar, ularni tayyorlashda ishlatilgan mahsulotlar, asbob-uskunalar madaniy va tarixiy meros sifatida ham qadrlanadi.
Tarixi
Turk gilamlari haqida ilk topilmalar XIII asrga tegishli. Mashhur sayyoh Marko Poloning taʼkidlashicha, uzoq vaqt davomida eng yaxshi gilamlar turk gilamdoʻzligining markazi boʻlgan Konya shahrida ishlab chiqarilganOriental Rug Review, August/September 1990 (Vol. 10, No. 6). Xettlar davlati, Frigiya podsholigi, Ossuriya imperiyasi, Ahamoniylar imperiyasi, armanlar, qadimgi yunonlar va Vizantiya imperiyasi shu hududda yashagan. Olimlar gilam toʻqish sanʼati bu davrlarda ham Anadoluda mavjud boʻlgan deb taxmin qiladilar. 1526-1699-yillar oraligʻida Usmonli davlati Yevropa davlatlari oʻrtasida gilam savdo aloqalari boʻlgan. Turk gilamlari nasroniy protestant cherkovlarida bezak sifatida ishlatilgan. Anadolu gilamlari Italiya, Polsha, Germaniya va Vengriya cherkov va ibodatxonalarida bezak sifatida ishlatilgan.
Yana qarang Turkman gilami Yomut gilamlari Konya gilamlari
Manbalar Turkum:Gilamlar Turkum:Turkiya madaniyati