Nasr ibn al-Hajjoj ibn Alot as-Sulamiy (, ) — islom paygʻambari Muhammadning sahobalaridan biri. Boʻplab rivoyatlarga koʻra, nihoyatda kelishgan kishi boʻlib, hamma uning husniga mahliyo boʻlgan, natijada, Umar tomonidan Madinadan quvgʻin qilingan.

Yoshligi Nasrning otasi al-Hajjoj ibn Alot ismli kishi boʻlib, Nasrning oʻsmirlik paytida vafot etgan. Shu sababli u oila boquvchisiga aylangan va onasi hamda kichik aka-ukalariga gʻamxoʻrlik qilgan.

Madinadan quvgʻin Bir kuni kechasi Umar Madina koʻchalarini kezib yurganida turmushga chiqqan bir ayolning sheʼr baytlarini kuylayotganini eshitgan. Baytda shunday deyiladi: „Ichish uchun biroz sharob topishning iloji bormi, Nasr ibn Hajjoj bilan birga boʻlishning iloji bormi?“ Bu misra orqali Nasrning husni va koʻrkamligi nazarda tutilgan ediIbn al-Jawzi, Dhamm al-Hawa, p. 123. Shundan soʻng Umar Nasrni huzuriga chaqirtirgan, Nasr kelgach, Umar haligi ayol tilga olgan yigit aynan shu ekanligiga ishongan. Umar erli ayolni boshqa erkakning husni vasvasasidan asrash uchun Nasrga sochini qirdirishni buyurgan. Nasr buyruqqa boʻysungan, ammo bu uni yanada chiroyliroq qilib koʻrsatgan. Shundan soʻng Umar unga salla oʻrashni buyurgan, ammo bu ham ish bermagan. Shundan soʻng Umar shahar ayollarini vasvasaga solib qoʻymaslik uchun Nasrga shaharni tark etib, Basraga borishni buyurganIbn Shabbah, Tarikh al-Madinah al-Munawwarah, vol. 2, p. 772.al-Kharaaʼiti, I‘tilaal al-Quloob, vol. 2, p. 600..

Basraga quvgʻin qilingach, Nasr Umarga hech qanday notoʻgʻri ish qilmaganini va oʻz yurtiga qaytishga ruxsat soʻrab xabar yuborgan. Biroq Umar unga ruxsat bermay: „Men tirik ekanman, bunga ruxsat yoʻq“, — deganIbn al-Qayyim, I‘laam al-Muwaqqi‘een, vol. 4, p. 284..

Manbalar

Turkum:Sahobalar Turkum:610-yilda tugʻilganlar Turkum:670-yilda vafot etganlar