Justs Sirmais (1995-yil 6-fevralda tugʻilgan) — Justs taxallusi bilan tanilgan latviyalik xonanda va teleboshlovchi. U Latviya nomidan „Heartbeat“ qoʻshigʻi bilan „Eurovision — 2016“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etgan.

Hayoti va karyerasi Yoshligi Justs Sirmais 1995-yil 6-fevralda Ķekavada tugʻilgan. U 1-sonli Riga Davlat Gimnaziumida tahsil olgan. Justs musiqiy faoliyatini Riga koʻchalarida koʻcha qoʻshiq aytishdan boshlagan.

2015-yildan — hozigi kungacha 2016-yil 31-yanvarda Justs Sirmais „Eurovision“ tanlovi uchun Latviya vakilini aniqlash maqsadida oʻtkazilgan „Supernova“ tanlovining ikkinchi mavsumida qatnashuvchi 20 nafar ijrochi qatoridan joy olgani eʼlon qilingan. U tanlovda Latviyaning „Eurovision–2015“ vakili Aminata Savadogo tomonidan yozilgan „Heartbeat“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan. 7-fevral kuni boʻlib oʻtgan birinchi bosqichda u tomoshabinlar ovozining 40 foizdan ortigʻini qoʻlga kiritib, yarim finalga yoʻl olgan. 21-fevraldagi yarim finalda ham tomoshabinlar ovozi orqali finalga chiqqan. 28-fevral kuni esa milliy saralash finalida gʻalaba qozonib, Latviya nomidan Shvetsiyaning Stokgolm shahrida oʻtkazilgan „Eurovision–2016“ tanlovida ishtirok etgan. Justs yarim final bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, finalda 15-oʻrinni egallagan. Bu natija Latviyaning tanlov tarixidagi oltinchi eng yaxshi koʻrsatkichi boʻlgan. 2016-yil 17-mayda u „To Be Heard“ mini-albomini chiqargan. Oradan koʻp oʻtmay, 23-may kuni „Ko Tu Dari?“ („Nima qilyapsan?“) nomli singlini taqdim etgan.

2018-yil yanvar oyida Justs Sirmais „Supernova 2018“ tanlovining ham boshlovchilaridan biri boʻlishi eʼlon qilingan.

2018-yil aprel oyida u oʻzining ilk studiyaviy albomi — „Here I Am“ni taqdim etgan.

2018-yil sentyabr oyida Sirmais Instagram orqali Buyuk Britaniyaning Bristol shahridagi universitetda musiqa prodyuserligi yoʻnalishida tahsil olishini maʼlum qilganInstagram.

2020-yil noyabr oyida Justs Sirmais „Balss Maskā“ koʻrsatuvining ilk mavsumida „Chumchuq“ obrazi ostida ishtirok etib, uchinchi oʻrinni egallagan.

U 2023-yilda „Strangers“ qoʻshigʻi bilan Supernova tanloviga qaytib, Latviya nomidan „Eurovision“da qatnashish uchun yana bir bor urinib koʻrgan, biroq yarim final bosqichida musobaqani tark etgan.

2025-yilda esa u „Fit Right“ qoʻshigʻi bilan „Supernova“ tanlovida yana ishtirok etgan, ammo bu safar ham yarim finaldan oʻta olmagan. Diskografiyasi Studio albums Nomi Maʼlumotlar Here I Am Chiqarilgan: 2018-yil 20-aprel Leybl: Justs Entertainment

Studiyaviy albomlar Nomi Maʼlumotlar To Be Heard Chiqarilgan: 2016-yil 17-may Leybl: Justs Entertainment

Singllar Nomi Yil Chartlardagi eng yuqori oʻrni Albom RUS SWE „Heartbeat“ 2016 252 80 rowspan="5" „Kaut Mazliet“ — — „Ko Tu Dari“ — — „Latvijal“ 2017 — — „Message to You“  — — „Are You There“ — — Here I Am „Uz Palodzes“ 2018 — — „Position in Here“(solo or remix featuring Makree) — — „Strangers“ 2023 — — rowspan="4" „Baltajos Palagos“ 2024 — — „Atslēdziņas“(with Tikasha Sakama) — — „Fit Right“ — —

Manbalar

Turkum:Latviyalik qoʻshiqchilar Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar