Tautumeitas — 2015-yilda tashkil etilgan Latviyaning folklor va jahon musiqasi yoʻnalishida ijod qiluvchi ayollar musiqiy guruhi. Guruh olti nafar xonanda va sozandalardan iborat. Ular „Bur man laimi“ qoʻshigʻi bilan Latviya nomidan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2025da ishtirok etgan.

Tarixi 2017-yilda Tautumeitas Auļi bilan hamkorlikda unashtiruv va toʻy marosimlariga bagʻishlangan, Boltiqboʻyi xalqlari folklor musiqasi anʼanalariga asoslangan 13 ta qoʻshiqdan iborat „Lai māsiņa rotājās!“ albomini chiqargan. Mazkur albom „Latviyaning yillik musiqiy yozuvlar mukofoti“da 2017-yilning eng yaxshi folklor musiqiy albomi deb topilgan. Shuningdek, „Lai māsiņa rotājās!“ 2018-yilgi World Music Charts Europe chartida 26-oʻringa, Transglobal World Music Chartning 2018-yil aprel va may oylaridagi reytinglarida esa mos ravishda 38-oʻringa koʻtarilgan. 2018-yilda Tautumeitas oʻzining nomi bilan atalgan ilk studiyaviy albomi — „Tautumeitas“ni taqdim etgan.

2021-yil 2-iyunda Tautumeitas oʻzining rasmiy Instagram sahifasi orqali Lauma Bērza yoz oylarida guruhni tark etishini maʼlum qilgan.

2024-yil 20-noyabrda Tautumeitasning „Bur man laimi“ qoʻshigʻi bilan „Supernova 2025“ tanlovining yarim finalchilari qatoridan joy olgani eʼlon qilingan. 2025-yil 8-fevralda Tautumeitas „Bur man laimi“ qoʻshigʻi bilan „Supernova 2025“ tanlovida gʻolib chiqib, Latviya nomidan Shveysariyada boʻlib oʻtgan „Eurovision–2025“ tanlovida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Tanlovda guruh yarim final bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, finalda 13-oʻrinni egallagan.

Aʼzolar Hozirgi aʼzolar Asnate Rancāne — skripka, vokal, nay Aurēlija Rancāne — barabanlar, vokal Annemarija Moiseja — zarbli cholgʻular, vokal Laura Marta Līcīte — zarbli cholgʻular, skripka, vokal Gabriēla Zvaigznīte — vokal Kate Slišāne — vokal, mandolina, klarnet, nay

Sobiq aʼzolar Ilona Dzērve — akkordeon, vokal Laura Liepiņa — vokal Lauma Bērza — skripka, vokal Laura Bužinska

Diskografiyasi Lai māsiņa rotājās! (2017; Auļi bilan) Tautumeitas (2018) Dziesmas no Aulejas (2020) Skrejceļš (2022) Zem saules / Under the Solar Spell (2025) Manbalar

Turkum:2015-yilda tashkil etilgan musiqiy guruhlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari