Kakuyiylar shuningdek, Kakvayhiylar, Kakuvayhiylar yoki Kakuya () — daylamiylardan kelib chiqqan shialik yoʻnalishidagi sulola, taxminan 1008-yildan 1051-yilgacha Gʻarbiy Eron, Jibal va Kurdistonda hukmronlik qilgan. Taxminan 1051-yildan 1141-yilgacha Yazd, Isfahon va Abarkuhning atabeglari (hokimlari) vazifasida xizmat qilgan. Buvayhiylar bilan qarindoshlik aloqalariga ega boʻlganThe Political and Dynastic History of the Iranian World, C. E. Bosworth, The Cambridge History of Iran, Vol. 5, ed. J. A. Boyle, John Andrew Boyle, (Cambridge University Press, 1968), 37..
Kelib chiqishi Olimlarning taʼkidlashicha, Kakuyiylar daylamiylar boʻlgan, shuningdek, ular Sayyida Shirinning qarindoshlari hisoblangan. Sayyida Shirin esa daylamiy Bavand sulolasiga mansub boʻlgan.
Tarixi Kakuyiylar sulolasining asoschisi Alauddavla Muhammad boʻlib, daylamiy harbiy sarkarda sifatida Jibaldagi Buvayhiylar amirligiga xizmat qilgan. Otasi Rustam Dushmanziyor ham Buvayhiylar xizmatida boʻlgan va qoʻshni Tabariston mahalliy hukmdorlaridan himoyalanish uchun unga Alborz hududidan yerlar berilgan. Rustam Bavandlar sulolasi malikasi va Buvayhiylar amiri Faxr ud-Davlaning () rafiqasi Sayyida Shirinning amakisi edi. Shu qarindoshlik aloqalari tufayli Alauddavla Muhammad Ibn Kakuya yoki Pisar-i Kaku („amakisining oʻgʻli“) deb atalgan. 1008-yilda Alauddavla Isfahon shahri hokimi boʻlgan. Bu lavozimni unga Sayyida Shirin taʼminlab bergan edi. Biroq XI asr isfahonlik mahalliy tarixchi Mafarruxiy bergan maʼlumotlarga koʻra, Alauddavla Muhammad shaharni kamida 1003-yildan boshlab nazorat qilgan boʻlishi mumkin. Vaqt oʻtishi bilan amalda Buvayhiylar nazoratidan mustaqil hukmdorga aylangan.
thumb|left|Faramurz barpo qilgan Yazd devorlari
Muhammad ibn Rustam Dushmanziyor baʼzan Buvayhiylarning ittifoqchisi ham boʻlgan. Masalan, Shams ud-Davla Hamadonda qoʻzgʻolon koʻtarilganda yordam uchun Kakuyiylarga murojaat qilgan. Shams ud-Davla vafot etganidan koʻp oʻtmay oʻrniga Samo ud-Davla taxtga oʻtirgan. Biroq 1023 yoki 1024-yilda Kakuyiylar Hamadonga bostirib kirib, shaharni egallab olgan. Shundan soʻng yurishlarini davom ettirib, Annaziylardan Hulvonni tortib olgan. Fors va Iroqni boshqargan Buvayhiylar hukmdori Musharrif ud-Davla Kakuyiylarni Hulvondan chekinishga majbur qilgan. Biroq Hamadonni oʻz qoʻllarida saqlab qolgan. Oxir-oqibat, ikki tomon oʻrtasida sulh tuzilib, keyinchalik qarindoshlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida nikoh ittifoqi ham tashkil etilgan.
Muhammad ibn Rustam Dushmanziyordan soʻng 1041-yilda oʻgʻli Faramurz hokimiyatni egallagan. Shu paytda Hamadonda Kakuyiylar vakili Garshasp I hukmronlik qila boshlagan. 1095-yilda esa Garshasp II Kakuyiylar sulolasining yangi amiri boʻlgan. Garshasp II 1141-yildagi Qatvon jangida halok boʻlganBosworth, Clifford Edmund, Historic cities of the Islamic world, (BRILL, 2007), 562.. Faramurzning hukmronligi Saljuqiylar tufayli qisqa vaqt davom etgan. Saljuqiylar Isfahonni bir yil qamal qilgach, 1051 yoki 1052-yilda shaharni egallagan. Shunga qaramay, Saljuqiylar Faramurzga Yazd va Abarkuhni iqto qilib bergan. Kakuyiylar XII asrning oʻrtalarigacha ushbu viloyatlarning hokimlari boʻlib qolgan. Bu davrdagi ularning boshqaruvi masjidlar, kanallar va mudofaa inshootlari qurilishi bilan ajralib turadi.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Kakuyiylar Turkum:1008-yilda asos solingan davlatlar va hududlar Turkum:1140-yillarda tugatilgan davlatlar va hududlar