Alexandra Maquet (1988-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — taxallusi Alma, fransuz qoʻshiqchi va bastakor.
Xonanda Fransiya nomidan Eurovision qo'shiq tanlovi 2017da Requiem qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, yakunda 12-oʻrinni egallagan.
Dastlabki hayoti
Alexandra Maquet 1988-yil 27-sentyabrda Lion shahrida tadbirkor Alain Maquet hamda rassom va zamonaviy sanʼat vakili Marie-Pierre Maquet (MPM nomi bilan tanilgan) oilasida toʻrt qizning kattasi boʻlib dunyoga kelgan.
Alma bolaligidan qoʻshiq kuylash va pianino chalish bilan shugʻullangan. Vaqt oʻtib 16 yoshga toʻlganida oilasi bilan Miami shahriga koʻchib oʻtgan. Amerika maktabida bir yil tahsil olgach, mustaqil ravishda Fransiyaga qaytishga qaror qilgan va Lille shahridagi IESEG School of Managementda oʻqishni davom ettirgan. Alma 2011-yilda biznes boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini olgan.
Talabalik davrida Alma Braziliyaning São Paulo shahridagi FEA-USPda almashinuv dasturi asosida bir yildan ortiq tahsil olib, portugal tilini oʻrgangan.
IESEGdagi taʼlimini tamomlagach, 2011-yilda Milan shahrida Abercrombie & Fitch kompaniyasida menejer yordamchisi lavozimida ishlagan. Shundan soʻng Bryusselga koʻchib oʻtib, qoʻshiqlar bastalash bilan jiddiy shugʻullana boshlagan.
Fransuz tilidan tashqari, Alma ingliz, italyan va portugal tillarida ham erkin soʻzlasha oladi.
Diskografiyasi
Albomlari Nomi Tafsilotlar Chartlardagi eng yuqori oʻrni FRA BEL (Wa) Ma peau aime Chiqarilgan sana: 2017-yil 5-may Leybl: Warner Music Group Formatlar: raqamli yuklab olish, CD 33 79
Yakkalik qoʻshiqlari Nomi Yili Chartlardagi eng yuqori oʻrni Albomi FRA BEL (Wa) Tip SWE Heat „Trinquons“ 2014 — — — „La chute est lente“ 2016 — — — Ma peau aime „Requiem“ 2017 5 29 14 „Tʼes pas un homme“ 2018 — — — Albomga kiritilmagan yakkalik qoʻshiqlari „Zumbaa“ 2019 — — — „America“ 2021 — — — „Donʼt Let Me Go Back“ — — — „Controcorrente“ — — — „Je te veux“ 2022 — — — „Tatted In My Memory“ — — — „Heureusement“ 2023 — — — „—“ belgisi qoʻshiq chartlarga kira olmaganini yoki ayrim hududlarda chiqarilmaganini anglatadi.
Manbalar
Turkum:Fransiyalik qoʻshiqchilar