Riccardo Fabbriconi (2003-yil 10-fevralda tugʻilgan) — taxallusi Blanco, italiyalik xonanda va qoʻshiq muallifi.

Blanco 2021-yilda Italiya yakkaxon chartida birinchi oʻrinni egallagan „La canzone nostra“ va „Mi fai impazzire“ qoʻshiqlari bilan keng tanilgan. Keyinchalik u oʻzining ilk studiyaviy albomi — Blu celesteni chiqargan. Albomdan „Notti in bianco“, „Paraocchi“ hamda albomning nomdosh qoʻshigʻi yakkalik qoʻshiq sifatida eʼlon qilingan. 2022-yilda Blanco Mahmood bilan birgalikda „Brividi“ qoʻshigʻi bilan 72-Sanremo musiqa festivali gʻolibi boʻlgan. Ushbu qoʻshiq bilan duet Italiya Eurovision qoʻshiq tanlovi 2022 tanlovida ishtirok etib, yakunda oltinchi oʻrinni egallagan.

Dastlabki hayoti Riccardo Fabbriconi 2003-yil 10-fevralda Bresha shahrida tugʻilgan. Uning otasi Rimlik, onasi esa Lombardiyalik boʻlib, u Calvagese della Riviera qishlogʻida, Lake Garda yaqinida voyaga yetgan. Bolaligining katta qismini tugʻilgan shahri Bresha hamda Desenzano del Garda shahrida oʻtkazgan va shu yerda taʼlim olgan.

Bolaligida otasi uni Lucio Battisti, Lucio Dalla va Pino Daniele kabi sanʼatkorlar ijodi bilan tanishtirgan. Shuningdek, u radioda yangraydigan pom qoʻshiqlarini tinglashni yoqtirgan. Voyaga yetish davrida esa Italian hip hop sahnasiga qiziqish bildirgan.

Faoliyati

2020–2021: „Mi fai impazzire“ va Blu celeste 2020-yil iyun oyida u SoundCloud platformasida oʻzining Quarantine Paranoid nomli qoʻshigʻini sini eʼlon qilgan. Ushbu reliz tufayli u Universal va Island Records kompaniyalari eʼtiboriga tushib, ular bilan shartnoma imzolagan. Shundan soʻng u oʻzining ilk singli — „Belladonna (Adieu)“ni chiqargan, undan keyin esa ikkinchi singli — „Notti in bianco“ni taqdim etgan. Mazkur qoʻshiq 2021-yil yozida katta ommalashuvga erishib, FIMI singllar chartida ikkinchi oʻringa qadar koʻtarildi.

2021-yil 8-yanvarda Blanco, Mace va Salmo hamkorligida „La canzone nostra“ yakkaxon qoʻshigʻini chiqargan. Ushbu qoʻshiq Blanco faoliyatidagi FIMI singllar chartida birinchi oʻrinni egallagan ilk yakkaxon qoʻshigʻi boʻlgan hamda 350 ming nusxadan ortiq sotilgani uchun besh karra platina sertifikatiga sazovor boʻlgan Type „Tutti gli anni“ in the section „Anno“ and „Blanco“ in the section „Filtra“..

2021-yil 26-fevralda Blanco „Paraocchi“ yakkaxon qoʻshigʻini chiqargan. Ushbu qoʻshiq ham FIMI singllar chartining kuchli oʻntaligidan joy olgan.

2021-yil 18-iyunda u Sfera Ebbasta bilan hamkorlikda „Mi fai impazzire“ nomli hit yakkalik qoʻshigʻini eʼlon qilgan. Qoʻshiq FIMI singllar chartida ketma-ket sakkiz hafta davomida birinchi oʻrinda qolgan hamda 420 ming nusxadan ortiq sotilgani uchun olti karra platina sertifikati bilan taqdirlangan.

Manbalar