Nosiriddin Mahmud I () (1088–1094) — 1092-yildan 1094-yilgacha Saljuqiylar davlatining goʻdak sultoniInternational encyclopaedia of Islamic dynasties, Ed. Nagendra Kr Singh, (Anmol Publication PVT Ltd., 2005), 1076.. Amalda hokimiyatning asosiy qismi onasi Terken Xotun qoʻlida boʻlgan. Sobiq sulton Malikshohning kichik oʻgʻillaridan biri boʻlib, Bagʻdodda xalifa al-Muqtadiy () tomonidan sulton deb eʼlon qilingan. Nomigagina amal qilgan hukmronligi davrida otasi hamda Alparslon barpo etgan imperiya parchalanib ketgan. Uning tarafdorlari Borujerd yaqinidagi jangda magʻlubiyatga uchragach, Mahmud va onasi sobiq vazir Nizomulmulkning oilasi tomonidan oʻldirilgan.
Hayoti 1092-yilda Malikshoh Nizomulmulkdan koʻp oʻtmay suiqasd natijasida oʻldirilgach, Toj al-Mulk Mahmudni sulton deb eʼlon qilgan va Isfahonga yoʻl olgan. Mahmud hali yosh bola edi. Onasi Terken Xotun hokimiyatni uning nomidan qoʻlga olishni istardi. Bu maqsadga erishish uchun kuyovi xalifa al-Muqtadiy bilan oʻz hukmronligini tan oldirish yuzasidan muzokaralar olib borgan. Biroq xalifa ham yosh bolani, ham ayol kishini hukmdor sifatida qabul qilishga qarshi edi. Shu sababli xalifani ayol nomiga xutba oʻqitishga koʻndirishning iloji boʻlmagan. Xutba esa oʻsha davrda hukmdorlik ramzlaridan biri hisoblanganMernissi, Fatima; Mary Jo Lakeland (2003). The forgotten queens of Islam. Oxford University Press. .El-Azhari, Taef. Queens, Eunuchs and Concubines in Islamic History, 661–1257. Edinburgh University Press, 2019.
Oxir-oqibat, xalifa al-Muqtadiy Terken Xotunning boshqaruviga rozilik bergan. Bunda xutba ayol emas, balki oʻgʻli Mahmud nomiga oʻqilishi va Terken Xotun xalifa tayinlagan vazir yordamida davlatni boshqarishi kerak edi. Terken Xotun bu shartlarni qabul qilishga majbur boʻlganMernissi, Fatima; Mary Jo Lakeland (2003). The forgotten queens of Islam. Oxford University Press. .. Shu tariqa rasman regent etib tayinlanmagan boʻlsa-da, amalda hokimiyat tizginlarini oʻz qoʻliga olgan. Bu davrda ash-Shiroziy vazir, Unar esa qoʻshin qoʻmondoni lavozimida faoliyat yuritganEl-Azhari, Taef. Queens, Eunuchs and Concubines in Islamic History, 661–1257. Edinburgh University Press, 2019.
Malikshohning katta oʻgʻli Barqiyoruq ham sulton deb eʼlon qilingan va ikki daʼvogarning qoʻshinlari Borujerd yaqinida, Hamadon atrofida toʻqnash kelgan. Barqiyoruq qoʻshinlari gʻalaba qozonib, poytaxt Isfahonni egallagan. Shundan soʻng, Mahmud va uning onasi Terken Xotun sobiq vazir Nizomulmulkning oilasi tomonidan oʻldirilgan.
Malikshohning vafotidan soʻng Buyuk Saljuqiylar davlati bir necha voris davlatlarga boʻlinib ketganAsbridge, Thomas S., The Crusades: The Authoritative History of the War for the Holy Land, (Harper Collins, 2010), 22.. Onadoʻlida Malikshohning oʻrniga Isfahondan qochib chiqqan Kilij Arslon I hukmdor boʻlgan. Suriyada esa Mahmudning amakisi Tutush I hokimiyatni qoʻlga olgan. Halab va Omiddagi boshqa hokimlar ham mustaqilliklarini eʼlon qilganlar. Saljuqiylar davlatidagi bu parchalanish va ichki nizolar koʻp oʻtmay boshlangan Birinchi salib yurishining kutilmagan muvaffaqiyatiga zamin yaratgan. Ushbu yurish 1096-yilda boshlangan ediAsbridge, Thomas S., The First Crusade: A New History, (Oxford University Press, 2004), 334..
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Saljuqiy hukmdorlar Turkum:11-asr Oʻrta Sharq monarxlari Turkum:1088-yilda tugʻilganlar Turkum:1094-yilda vafot etganlar Turkum:11-asr Osiyo monarxlari Turkum:Osiyolik goʻdak monarxlar