Aija Andrejeva (1986-yil 16-yanvarda Lielvarde shahrida tug‘ilgan), avvalgi sahna taxallusi Aisha () bilan ham tanilgan, latviyalik xonandadir.

Eurovision qo‘shiq tanlovi 2010 2010-yil 27-fevralda Aija Andrejeva Latviyaning milliy saralash tanlovi Eirodziesma 2010da g‘olib bo‘ldi va Latviya nomidan „Eurovision qoʻshiq tanlovi 2010“da qatnashdi. Tanlov Norvegiyaning Oslo shahrida bo‘lib o‘tgan bo‘lib, u „What For?“ qo‘shig‘ini ijro etgan.

Andrejeva 25-may kuni o‘tkazilgan birinchi yarim final bosqichidan finalga yo‘llanma ololmadi va yarim final ishtirokchilari orasida so‘nggi o‘rinni egalladi.

2011-yilda u Eurovision qo‘shiq tanlovida Latviya tomonidan berilgan ovozlarni e’lon qilgan.

Diskografiyasi

Tu un Es (2006) Viss kārtībā, Mincīt! (2008) Dvēselīte (2009) Mazais princis (2016)

Manbalar

Havolalar

Aishaning muxlis sayti Aishaning norasmiy forumi

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Latviyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Eurovision ishtirokchilari