Al-Arqam ibn Abu al-Arqam (; ) — islom paygʻambari Muhammadning ilk sahobalaridan biri. Ilk musulmonlar jamoasi yigʻinlari aynan uning uyida oʻtkazilgan.
Hayoti Al-Arqam Quraysh qabilasining Maxzum urugʻidan edi. Otasi Abu al-Arqam nomi bilan tanilgan Abdumanof ibn Asad ibn Umar ibn Maxzum, onasi esa Banu Xuzoa qabilasidan Umayma bint al-Horis boʻlganMuhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 185. London: Ta-Ha Publishers..
Al-Arqam Banu Asad qabilasidan Hind binti Abdullohga uylangan, ularning Umayya va Maryam ismli farzandlari boʻlgan. Al-Arqamning yana boshqa kanizaklaridan Ubaydulloh, Usmon va Safiya ismli farzandlari ham bor edi. Ubaydullohning nasli toʻxtab qolgan, al-Arqamning omon qolgan barcha avlodlari oʻgʻli Usmon orqali davom etganIbn Saad/Bewley, p. 185..
U Abu Bakrning daʼvati bilan musulmon boʻlganlar roʻyxatida 8-oʻrinda turadiMuhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 116. Oxford: Oxford University Press., biroq ushbu roʻyxat toʻliq emas. Al-Arqam 622-yilda Madinaga hijrat qilgan. Paygʻambar Muhammad unga Madinaning Zurayq mahallasidan bir uy berganIbn Saad/Bewley, p. 187.. Al-Arqam Badr jangida qatnashgan va oʻljalar taqsimlanayotgan chogʻda al-Marzuban nomli qilichni soʻrab olganIbn Ishaq/Guillaume, pp. 307-308.. Shuningdek, al-Arqam Uhud, Xandaq va Allohning Rasuli bilan boʻlgan barcha janglarda qatnashganIbn Saad/Bewley, p. 187..
Al-Arqam Muoviya I hukmronligi davrida 675-yilda (hijriy 55) vafot etganIbn Saad/Bewley, p. 187..
Al-Arqam uyi Makkada Quraysh mushriklari tomonidan musulmonlarga nisbatan tazyiq va taʼqib kuchayib borar, musulmonlar bemalol ibodat qila olmas edi. Al-Arqamning uyi esa oʻsha paytda yigʻilish, namoz oʻqish va din boʻyicha taʼlim olish uchun xavfsiz joy sifatida tanlangan, chunki uy as-Safo tepaligining sharqiy tomonida joylashgan edi. Muhammad paygʻambarlik davrlari boshlanishida shu atrofda yashagan. Uy tor koʻchada joylashgani uchun unga yashirincha kirib-chiqish mumkin edi, koʻchani esa uyning ichidan turib kuzatish mumkin boʻlgan. Paygʻambarlik daʼvatining beshinchi yilida „Dorul Islom“ (Islom uyi) nomi bilan tanilgan Arqamning uyini birinchi islom maktabi deb hisoblash mumkin. Bu dargohda paygʻambar Muhammad muallim, ilk musulmonlar esa uning talabalari boʻlgan.
Yangi musulmon boʻlganlar al-Arqamning uyiga olib kelinar edi. Daʼvatning oltinchi yilida (milodiy 615–616) Quraysh qabilasining ikki qudratli kishisi boʻlgan Muhammadning amakisi Hamza ibn Abdulmuttalib va Umar ibn al-Xattob kirib, islomni qabul qilganini eʼlon qilganIbn Saad/Bewley, pp. 3, 206.. Umarning musulmon boʻlishi bilan ularning soni 40 nafarga yetgan. Shundan soʻng guruh aʼzolari islomni dunyoga yoyish vazifasini amalga oshirishni boshlagan.
Al-Arqam uyini oʻgʻliga uni sotmaslik sharti bilan vasiyat qilgan. Biroq Abu Jaʼfar al-Mansur davriga kelib, al-Arqamning nabiralaridan biri qamoqdan ozod etilishi evaziga uydagi ulushini 17 000 dinorga sotishga koʻndirilgan. Shundan soʻng uning qarindoshlariga ham oʻz ulushlarini sotishlari uchun pora berilganIbn Saad/Bewley, p. 186..
Ushbu uy keyinchalik egalik qilgan shaxs nomi bilan keyingi egasi nomi bilan „Dorul Xayzuron“ deb atalganIbn Saad/Bewley, p. 186.. Bu bino Kaʼbaning roʻparasida joylashgan boʻlib, bugungi kunda undan diniy maktab sifatida foydalaniladi.
Manbalar
Turkum:590-yillarda tugʻilganlar Turkum:675-yilda vafot etganlar Turkum:Uhud jangida ishtirok etgan sahobalar Turkum:Badr jangida ishtirok etgan sahobalar