Yevropa Ittifoqi doirasida mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi qonunchilik asosan unifikatsiya qilingan. Shunday boʻlsa-da, unga aʼzo davlatlar qonunchiligida muayyan farqlar hamon mavjud. Ushbu huquq tizimi Yevropa Ittifoqida bir qator direktivalar orqali joriy etilgan boʻlib, ittifoqqa aʼzo davlatlar ularni oʻz milliy qonunchiligiga implementatsiya qilishlari shart. Asosiy mualliflik huquqi direktivalari sirasiga 2006-yilgi Mualliflik huquqi muddatlari toʻgʻrisidagi direktiva, Axborot jamiyati toʻgʻrisidagi direktiva hamda Raqamli yagona bozorda mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi direktiva kiradi. Bundan tashqari, Ittifoqdagi mualliflik huquqi tizimi Yevropa Ittifoqi yoki unga aʼzo davlatlar ishtirokchi boʻlgan xalqaro konvensiyalarga, xususan, Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari boʻyicha bitim yoki Bern konvensiyasiga tayanadi.
Tarixi Yevropada (va uning tashqarisida) mualliflik huquqini unifikatsiya qilishga boʻlgan ilk urinishlar 1886-yil 9-sentyabrda Bern konvensiyasi Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish boʻyicha Bern konvensiyasining]] imzolanishi bilan boshlanganSource: Berne Convention for the Protection of Literary and Artistic Works (as amended on September 28, 1979). WIPO Lex. Retrieved 2025-05-27. Yevropa Ittifoqiga aʼzo barcha davlatlar ushbu konvensiyaning ishtirokchilari hisoblanadi va hozirgi kunda uning qoidalariga rioya qilish Ittifoqqa aʼzo boʻlishning majburiy shartlaridan biri etib belgilangan. Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan mualliflik huquqini unifikatsiya qilish yoʻlida qoʻyilgan birinchi jiddiy qadam 1991-yilda qabul qilingan hamda kompyuter dasturlarini huquqiy himoya qilishning umumiy standartlarini belgilab bergan Kompyuter dasturlari toʻgʻrisidagi direktiva boʻldi. Mualliflik huquqining umumiy amal qilish muddati, yaʼni muallif vafotidan keyin 70 yil etib 1993-yilda Mualliflik huquqi muddati toʻgʻrisidagi direktiva bilan mustahkamlandi.
Mualliflik huquqiga oid direktivalarni hayotga tatbiq etish boshqa sohalarga qaraganda ancha koʻp bahs-munozaralarga sabab boʻldi, buni Axborot jamiyati toʻgʻrisidagi direktivani oʻz milliy qonunchiligiga oʻz vaqtida kiritmagan davlatlar ustidan chiqarilgan oltita sud qaroridan ham koʻrish mumkinCommission of the European Communities (Case C-31/04), (Case C-56/04), (Case C-59/04), (Case C-88/04), (Case C-91/04), (Case C-143/04).. Tarixan, ittifoqqa aʼzo mamlakatlarning mualliflik huquqi qonunlari, ayniqsa, roman-german va anglo-sakson huquq tizimiga kiruvchi davlatlar oʻrtasida keskin farq qilgan. Mualliflik huquqi qonunchiligidagi oʻzgarishlar keyinchalik Butunjahon savdo tashkiloti va umuman globallashuv jarayonlariga qarshi qaratilgan norozilik namoyishlari bilan ham bogʻlanib ketdi.
Muhofaza qilish muddati Mualliflarning huquqlari ularning tiriklik davrida hamda vafotidan keyin 70 yil davomida muhofaza qilinadiCopyright Term Directive 2006 Article 1. Ushbu muddat rassomlar va haykaltaroshlarning asarni qayta sotishdan ulush olish huquqlarini ham oʻz ichiga oladiResale Rights Directive Article 8. Filmlar va boshqa audiovizual asarlar uchun 70 yillik muddat quyidagi shaxslardan eng oxirgi vafot etganining oʻlim sanasidan boshlab hisoblanadi (bunda aʼzo davlatning milliy qonunchiligi ularni asar muallifi deb hisoblash-hisoblamasligi ahamiyatsiz): bosh rejissyor (u har doim audiovizual asar muallifi hisoblanadi), ssenariy muallifi, dialoglar muallifi hamda ushbu kinematografiya yoki audiovizual asar uchun maxsus yaratilgan musiqa bastakoriCopyright Term Directive 2006 Article 2.
Ijrochilarning huquqlari ijro tarqatilgan yoki jamoatchilikka yetkazilgan vaqtdan boshlab 50 yil davomida, agar ushbu davr ichida jamoatchilikka yetkazilmagan boʻlsa, ijro etilgan vaqtdan boshlab 50 yil davomida amal qiladiCopyright Term Directive 2006 Article 3(1). Fonogramma ishlab chiqaruvchilarning huquqlari fonogramma yaratilganidan keyin 50 yil, agar shu davr ichida yaratilmagan boʻlsa, jamoatchilikka yetkazilganidan keyin 50 yil yoki jamoatchilikka yetkazilmagan boʻlsa, u yaratilganidan keyin 50 yil davomida saqlanadiCopyright Duration Directive Article 3(2), as modified by Information Society Directive Article 11(2). Film ishlab chiqaruvchilarning huquqlari film jamoatchilikka yetkazilganidan keyin 50 yil, agar shu davr ichida jamoatchilikka yetkazilmagan boʻlsa, u yaratilganidan keyin 50 yil davomida amal qiladiCopyright Term Directive 2006 Article 3(3). Koʻrsatuv va eshittirish tashkilotlarining huquqlari efirga birinchi marta uzatilganidan keyin 50 yil davomida muhofaza qilinadiCopyright Term Directive 2006 Article 3(4). Yevropa Komissiyasi ushbu muddatni 95 yilgacha uzaytirishni taklif qilgan edi va ushbu tavsiyadan soʻng Yevropa Parlamenti amal qilish muddatini 70 yilgacha oshirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatini qabul qildi.
Manbalar
Havolalar Summaries of EU legislation > Internal market > Businesses in the internal market > Intellectual property > Copyright and related rights European Commission > Internal Market > Copyright > Documents List of EU copyright Durations
Shartnomalar Berne Convention for the Protection of Literary and Artistic Works. WIPO Lex. Rome Convention for the Protection of Performers, Producers of Phonograms and Broadcasting Organisations. WIPO Lex. Agreement on Trade-Related Aspects of Intellectual Property Rights (from WTO) WIPO Copyright Treaty. WIPO Lex. WIPO Performers and Phonograms Treaty. WIPO Lex.
Turkum:Yevropa Ittifoqining intellektual mulk qonunchiligi