Bani Yas (; birligk shakli: al-Yasiy (arab tili: الياسي)) — Birlashgan Arab Amirliklaridagi Najddan kelib chiqqanChristopher Davidsonʼs Abu Dhabi Oil and Beyond page 5 qabilaviy konfederatsiya. Taxminan 20 ta qabiladan iborat ushbu qabilaviy konfederatsiya Abu-Dabidan Dubaygacha hamda janubi-sharqiy Qatardagi Xor al-Adʼidgacha yoyilgan boʻlib, Bani Yas Koalitsiyasi () deb atalgan. Al Bu Falahning bir tarmogʻi boʻlmish An-Nahyon qabilaga boshchilik qiladi va Abu-Dabining hukmron sulolasi hisoblanadi. Al Bu Falasahning Al Maktum tarmogʻi ham aʼzo boʻlib, Dubayning hukmron sulolasi sanaladi. An-Nahyon va Al-Maktum BAA federal hukumatida eng muhim rol oʻynaydi. Abu-Dabi hukmdori odatda BAA prezidenti etib saylanadi, Dubay hukmdori esa anʼanaviy tarzda BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri etib saylanadi.
Manbalar
Turkum:Birlashgan Arab Amirliklari jamiyati Turkum:Qatar jamiyati Turkum:Saudiya Arabistoni jamiyati Turkum:Arabiston qabilalari Turkum:Birlashgan Arab Amirliklari qabilalari