Journal of Broadcasting & Electronic Media — media tadqiqotlari sohasiga ixtisoslashgan, radioeshittirish va elektron ommaviy axborot vositalariga bagʻishlangan, taqrizdan oʻtkaziladigan ilmiy jurnal. U Routledge nashriyoti tomonidan har chorakda chop etiladi.

Jurnal 1957-yilda Journal of Broadcasting nomi bilan tashkil etilgan. 1985-yilda unga hozirgi Journal of Broadcasting & Electronic Media nomi berilgan. Jurnalning bosh muharriri Carolyn A. Lin hisoblanadi.

Journal Citation Reports maʼlumotlariga koʻra, jurnalning 2018-yildagi impakt-faktori 1,917 ni, besh yillik impakt-faktori esa 2,885 ni tashkil etgan.

Havolalar

Turkum:Jurnallar