Oʻzbekiston bayrogʻi (rasmiy atalishi: Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi) — Oʻzbekiston gerbi va Oʻzbekiston madhiyasi kabi Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi 1991-yilning 18 - noyabridaOʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun bilan qabul qilingan.Bayroq 4 turdagi moviy, qizil, oq va yashil ranglarni oʻz ichiga oladi.

Taʼrifi Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi matoda aks etgan boʻlib, uchta asosiy yonbosh rangdor boʻlaklarga boʻlingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu boʻlaklar orasini ikkita qizil rangdagi yonbosh chiziqlar ajratib turadi.

Oʻzbekiston bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud boʻlgan saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan anʼanalarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.

Bayroqdagi havorang — osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy —oʻz havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida Amir Temur bayrogʻida ham ushbu tusdan foydalanilgan.

Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.

Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.

Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli.

Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.

Rang 40pxRanglar sxemasi Koʻk Qizil Yashil Oq CMYK 100-15-0-29 0-96-84-19 87-0-70-29 0-0-0-0HEX#009AB6#CF0921#18B637#FFFFFFRGB0-154-182207-9-3324-182-55255-255-255

Tuzilishi 450px|center Oʻzbekiston Respublikasining tarixiy bayroqlari

Buxoro Buxoro xonligi, keyinroq Buxoro amirligi, keyin Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi.

Xiva Xorazm, keyinchalik Xiva xonligi, keyin Xorazm Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi.

Turkiston muxtoriyati (Qoʻqon muxtoriyati) Sobiq Qoʻqon xonligining hududi 1917-yil Mustafo Choʻqay boshchiligidagi jadidlar, erksevarlar tomonidan mustaqil Turkiston muxtoriyatiti eʼlon qiladilar. Turkiston muxtoriyatining bayrogʻi Turkiya bayrogʻidan andoza olingan holda loyihalashtirilgan.

thumb|Turkiston (Qoʻqon) muxtoriyatining bayrogʻi 1917-yil 27-noyabrdan 1918-yil 22-fevralgacha|center

Turkiston Turkiston general-gubernatorligi, keyinroq Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi.

Oʻzbekiston Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi.

Oʻxshash bayroqlar

Yana qarang

Oʻzbek bayroqlari tizmasi

Manbalar

Havolalar

Oʻzbekiston Flags of the World saytida Uzbekistan — Vexillographia

Turkum:Oʻzbekiston bayroqlari