Aa yoki AaAa (ˁȝˁȝ) — miloddan avvalgi taxminan 1850-yilda faoliyat yuritgan Qadimgi Misr me’mori va qurilish nazoratchisi. Uning unvoni „Qurilish ishchilarining bosh nazoratchisi“ boʻlgan. U Misr O‘rta podsholigi davrida (miloddan avvalgi 2080—1640-yillar oraligʻida) yashagan.

Aa nomi Abidosning shimoliy nekropolidan topilgan dafn stelasida qayd etilgan bir necha ismlardan biridir. Aa bilan stelada tasvirlangan Sahepu oʻrtasidagi aloqa aniq emas. Ismning oʻqilishi bahsli boʻlib, qadimgi misr tilidagi Aa („buyuk“) — ismning bir qismimi yoki unvon tarkibidagi sifatmi, hozircha aniq xulosalar mavjud emas.

Qoʻshimcha adabiyotlar

Friedhelm Hoffmann, Christiane von Pfeil va Klein Ellguth: (Aa)Aa. In: Rainer Vollkommer: Künstlerlexikon der Antike, Nikol, Hamburg, 2007, 1-bet. .

Turkum:Arxitektorlar