Bicêtre shifoxonasi — Fransiyaning Parij shahri janubiy chekkasidagi Le Kremlin-Bicêtre kommunasida joylashgan shifoxona. Parij markazidan 4,5 km uzoqlikda joylashgan. Bicêtre shifoxonasi dastlab harbiy shifoxona sifatida foydalanilishi rejalashtirilgan boʻlib, qurilishi 1634-yilda boshlangan. Shifoxona Vincent de Paul yordamida 1642-yilda yetimxona sifatida ochilgan. 1656-yilda Hôpital Général de Paris tarkibiga kiritilgan. 1823-yilda Hospice de la Vieillesse Hommes deb atalgan. 1885-yilda esa Hospice de Bicêtre nomi berilgan.
Tarixi Oʻz tarixi davomida Bicêtre shifoxonasi ketma-ket va bir vaqtning oʻzida yetimxona, qamoqxona, ruhiy kasallar boshpanasi hamda shifoxona sifatida foydalanilgan. Uning eng mashhur mahbusi Marquis de Sade boʻlgan. 1781-yilda qamoqxona „Bastiliyadan ancha dahshatliroq“ deb taʼriflangan.
Bicêtre koʻproq „Asylum de Bicêtre“ nomi bilan mashhur boʻlib, uning boshligʻi Philippe Pinel 1793-yilda ruhiy kasallarni davolashda insonparvar usullarni birinchi boʻlib joriy etgan shaxs sifatida eʼtirof etiladi.
Bicêtre „Madness and Civilisation“ asarining „The Birth of the Asylum“ nomli soʻnggi bobida tilga olingan. Unda Philippe Pinelning usullari insonparvarlikdan koʻra ayyorroq usullar sifatida tavsiflanadi.
Yana qarang Pitié-Salpêtrière shifoxonasi
Manbalar
Havolalar
Turkum:Val-de-Marne shifoxonalari Turkum:Shifoxonalar