Shahriyar Moghanlou (; 1994-yil 21-dekabrda tugʻilgan) — eronlik professional futbolchi. U BAA Pro ligasining „Kalba“ klubi hamda Eron milliy terma jamoasi safida markaziy hujumchi sifatida toʻp suradi.
Klublardagi faoliyati Shahriyar Moghanlou Zanjan shahrida ozarbayjonliklar oilasida tugʻilgan. U professional faoliyatini „Paykan“ klubida boshlagan va 2015-yil qishida asosiy jamoaga jalb etilgan. Professional futboldagi debyutini 2015-yil 4-fevralda „Gostaresh Foulad“ga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. Mazkur bahsda u Ali Hosseini oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan.
Santa Clara 2020-yil 23-sentyabrda Moghanlou Portugaliya Primeira Ligasi vakili „Santa Clara“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan.
Persepolis 2021-yil 7-martda Moghanlou Fors koʻrfazi Pro ligasi amaldagi chempioni "Persepolis klubi bilan shartnoma imzolagan. Transfer summasi tafsilotlari oshkor qilinmagan.
Terma jamoadagi karyerasi Moghanlou Eron milliy terma jamoasi safidagi debyutini 2023-yil 23-mart kuni Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.
U milliy terma jamoa safidagi ilk golini 2023-yil 12-sentyabr kuni Angolaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida kiritgan.
Shaxsiy hayoti 2026-yil yanvar oyida Moghanlou Erondagi norozilik namoyishlarini ochiq qoʻllab-quvvatlab, shunday soʻzlarni aytgan: „Biz dunyodagi eng ogʻir ishni qilmoqdamiz, chunki bir vaqtning oʻzida ham qaygʻuga botganmiz, ham umid bilan yashayapmiz. Barchamiz vatan sogʻinchi bilan yashayapmiz va umidni yoʻqotganimiz yoʻq. Hammamiz charchaganmiz, biroq hayot uchun kurashishda davom etyapmiz“https://www.iranintl.com/202601034038.
Manbalar
Havolalar Shahriyar Moghanlou IranLeague.ir saytida Shahriyar Moghanlou PersianLeague.com saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Eronlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Paykan F.C. futbolchilari Turkum:Malavan F.C. futbolchilari Turkum:C.D. Santa Clara futbolchilari Turkum:Persepolis F.C. futbolchilari Turkum:Sepahan S.C. futbolchilari Turkum:Kalba F.C futbolchilari Turkum:Eron Pro ligasi futbolchilari Turkum:Azadegan ligasi futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Eronlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari