Sport jarohatlari yoki umuman olganda jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish jarayonida yuzaga keladigan jarohatlardir. Dunyo miqyosida aholining qariyb 40 foizi muntazam jismoniy mashqlar yoki tashkil etilgan sport turlaridan biri bilan shugʻullanadi. AQShda esa oʻrta maktab oʻquvchilarining 60 foizdan ortigʻi bir yoki bir nechta sport turi bilan shugʻullanadi. Sport jarohatlari har yili shoshilinch tibbiy yordam murojaatlarining 15–20 foizini tashkil etadi hamda sport bilan shugʻullanishning har 1 000 soatiga 1,79–6,36 ta jarohat toʻgʻri keladi. Sport jarohatlari jarohatlarning turlari, xavf omillari, ularning oldini olish usullari hamda sportchilarga koʻrsatadigan umumiy taʼsiriga koʻra tasniflanishi mumkin.

Sport jarohatlarining turlari Sport jarohatlarining turi jins, yosh va sport turiga qarab sezilarli darajada farq qiladi. Shunga qaramay, eng koʻp uchraydigan jarohatlar qontalashlar, sinishlar va boylamlarning choʻzilishlari boʻlib, ulardan keyin yaralar hamda ortiqcha zoʻriqish natijasida yuzaga keladigan jarohatlar turadi. Bosh va boʻyin jarohatlari ham tez-tez uchraydi va ularning ehtimoliy ogʻirlik darajasiga alohida eʼtibor qaratish zarur. Shuningdek, sport tibbiyoti mutaxassislari amaliyotida eng koʻp uchraydigan oʻziga xos jarohatlarni koʻrib chiqish ham muhimdir .

Yumshoq toʻqima jarohatlari Yumshoq toʻqima jarohatlari biriktiruvchi toʻqima (masalan teri), boylamlar, paylar yoki mushaklarga taʼsir qiladigan jarohatlarga boʻlinadi. Teri qoplami yoki terining oʻziga taʼsir qiladigan jarohatlar qontalashlar, shilinishlar va yirtilishlar sifatida tasniflanadi. Qontalashlar (koʻkarishlar) eng sodda va eng koʻp uchraydigan jarohatlardan biri boʻlib, odatda oʻtmas kuch taʼsiridagi shikastlanish natijasida yuzaga keladi. Ogʻir qontalashlar chuqurroq tuzilmalarni ham qamrab olishi hamda nervlar yoki qon tomirlarining shikastlanishi bilan kechishi mumkin. Shilinishlar terining ishqalanish yoki sirpanish kuchi taʼsirida yuzaga keladigan yuzaki shikastlanishlar, ular terining eng ustki qatlami — epidermisdan chuqurroq kirmaydi. Agar qon ketish kuzatilsa, u odatda juda kam boʻladi. Yengil shilinishlar, odatda, chandiq qoldirmaydi, biroq chuqurroq shilinishlar koʻproq qonashi va chandiq qoldirishi mumkin. Yirtilishlar oʻtmas jarohatlanish oqibatida yuzaga kelib, terining yorilishiga va ochiq yaraning hosil boʻlishiga olib keladi. Yuz sohasidagi yirtilishlar sportchilarda uchraydigan yumshoq toʻqima jarohatlari orasida eng xilma-xil hisoblanadi. Ular ogʻiz boʻshligʻi ichida ham, tashqi yuzada ham uchrashi mumkin hamda terining yuzaki kesilishidan tortib lab yirtilishigacha yoki yirik qon tomirlarining uzilishi va hayotiy muhim qoʻshni tuzilmalarning shikastlanishigacha boʻlgan holatlarni oʻz ichiga oladi.

Yumshoq toʻqima jarohatlarining yana bir muhim guruhi tana vaznini koʻtaruvchi boʻgʻimlar faoliyatida ishtirok etadigan paylar va boylamlarning shikastlanishlarini oʻz ichiga oladi. Sport faoliyati davomida uchraydigan turli boylam va pay jarohatlari orasida yuqori uchrash tezligi sababli sport tibbiyoti mutaxassislari uchun alohida ahamiyatga ega boʻlganlari quyidagi jadvalda keltirilgan. Jadval: Keng tarqalgan yumshoq toʻqima sport jarohatlarining uchrash darajasi va oqibatlari Ortopedik shikoyatUchrash darajasiJarohatlanish mexanizmiDavolashSportdan chetlanish muddatiQayta jarohatlanish darajasiManbaToʻpiq boylamlarining choʻzilishi (boylam)Sport jarohatlarining ~25–30%; 1000 ta sportchi-ekspozitsiyaga (A-E) 0,5–1 taToʻpiqning ichkariga yoki tashqariga buralishi (twisting) yoki noqulay tarzda yerga tushishRICE (dam berish, muz qoʻyish, kompressiya, baland koʻtarish), bracing (fiksatsiya), fizioterapiya; boylam uzilishida jarrohlik1–6 hafta, ogʻirligiga qarab 3–6 oy va undan koʻproq1–2 yil ichida 20–40%Hootman va boshq. (2007)Hootman, J. M., et al. (2007). „Epidemiology of Collegiate Injuries for 15 Sports: Summary and Recommendations for Injury Prevention Initiatives.“ Journal of Athletic Training, 42(2), 311-319. Available at: PMC (web ID: 17).Oldingi xochsimon boylam (ACL) uzilishi (boylam)Tizza jarohatlarining ~5–10%; yuqori xavfli sport turlarida (masalan, futbol) 1000 ta A-E ga 0,2–0,4 taKuchli burilish harakati, ayniqsa tizza qotib turgan holatda, yoki bevosita zarbaJarrohlik rekonstruksiyasi (odatda), reabilitatsiya (6–12 oy)6–12 oy (jarrohlikdan soʻng); 2–6 oy (jarrohliksiz)15–30% (shu yoki qarama-qarshi tizzada; osteoartrit rivojlanish xavfi yuqori)Hootman va boshq. (2007); Ardern va boshq. (2014)Menisk jarohatlari (togʻay)Tizza jarohatlarining ~10–20%; futbol, basketbol kabi sportlarda 1000 ta A-E ga 0,33–0,7 taTizzaning burilishi yoki unga tushadigan siquvchi kuchYengil yirtilishlarda konservativ davolash (dam berish, reabilitatsiya); ogʻir yirtilishlarda artroskopik tiklash yoki meniskektomiya4–12 hafta (konservativ/meniskektomiya); 3–6 oy (tiklash)15–25% (shu tizzada, koʻpincha osteoartrit rivojlanishi bilan)Hootman va boshq. (2007)Son orqa mushaklari (hamstring) choʻzilishi (mushak/pay)Sport jarohatlarining ~10%; musobaqalarda uchrash ehtimoli 9,4 baravar yuqoriSprint yoki tepish vaqtida mushakning ortiqcha zoʻriqishiRICE, choʻzish mashqlari, kuchaytirish mashqlari; ogʻir jarohatlarda uzoq muddatli fizioterapiya2–8 hafta (yengildan ogʻirgacha)2 yil ichida 13,9–63,3%Maniar va boshq. (2023), de Visser va boshq. (2012)Axill payi tendinopatiyasi (pay)Yugurish bilan bogʻliq jarohatlarning ~5–10%; individual sport turlarida (ortiqcha zoʻriqish bilan bogʻliq) 42%Takrorlanuvchi ortiqcha zoʻriqish (masalan, yugurish, sakrash). Pay funksiyasining buzilishi va degeneratsiyasi tufayli tovonda ogʻriq kuzatiladi.Eksentrik mushak mashqlari, dam berish, ortopedik moslamalar; jarrohlik kamdan kam hollarda (<5%)4–12 hafta (konservativ); 4–6 oy (jarrohlik)27% (konservativ davolashda)Aicale va boshq. (2018)Rotator manjet jarohati (yelka) (pay/mushak)Qoʻlni bosh ustidan koʻp ishlatishni talab qiladigan sport turlarida (masalan, suzish, beysbol) ~18–40%Qoʻlning takrorlanuvchi yuqori amplitudali harakatlari yoki oʻtkir travmaFizioterapiya, kortikosteroid inʼeksiyalari; toʻliq yirtilishlarda jarrohlik4–12 hafta (konservativ); 4–6 oy (jarrohlik)Qisman yoki toʻliq qalinlikdagi yirtilishlarda 7,7%Tooth va boshq. (2020), Klouche va boshq. (2015)*Sportchi-ekspozitsiya (A-E) — maʼlum bir sportchining muayyan sport faoliyatida ishtirok etgan umumiy holatlar soniga nisbatan qayd etilgan jarohatlar sonining 1000 ga koʻpaytirilgan koʻrsatkichi: [(jarohatlar soni / A-E) × 1000].

Suyak jarohatlari Qattiq toʻqima jarohatlariga tish va suyak jarohatlari kiradi. Ular sportda yumshoq toʻqima jarohatlariga qaraganda kamroq uchrasa-da, odatda jiddiyroq boʻladi. Tishlar va suyaklarning qattiq toʻqima jarohatlari qontalashlar bilan birga ham kuzatilishi mumkin. Masalan, Battle belgisi kalla suyagi asosining sinishini, „rakun koʻzlari“ belgisi esa yuzning oʻrta qismi sinishini koʻrsatadi. Biroq, tish sinishlari tish jarohatlarining eng koʻp uchraydigan turi hisoblanadi. Ular quyidagi turlarga boʻlinadi: toj qismidagi yoriqlar (crown infractions), faqat emalning sinishi, emal-dentin sinishlari hamda emal va dentindan oʻtib pulpagacha yetib boradigan sinishlar.

Toj qismidagi yoriqlar (crown infractions) travmatik kuch taʼsirida tish emali prizmalarining buzilishi bilan tavsiflanadi. Bunday jarohatlar odatda faqat emalni qamrab oluvchi mayda yoriqlar koʻrinishida namoyon boʻladi. Faqat emalning sinishi yengil jarohat boʻlib, odatda tish tojining chetida gʻadir-budurlik sifatida namoyon boʻladi. Bunday jarohatlar odatda teginish yoki harorat oʻzgarishiga sezgir boʻlmagani sababli sportchi tomonidan sezilmasligi mumkin. Faqat emalning sinishi stomatologik shoshilinch holat hisoblanmaydi va darhol davolashni talab qilmaydi. Emal-dentin sinishi odatda emal va dentin bilan chegaralangan, tish toʻqimasi yoʻqolishi kuzatiladigan, biroq pulpa ochilmaydigan sinishdir. Sportchi koʻpincha havo, sovuq yoki teginishga sezuvchanlikdan shikoyat qiladi. Shunga qaramay, u toqat qila oladigan darajada sportni davom ettirishi mumkin va stomatolog koʻrigini 24 soatgacha kechiktirish mumkin. Emal-dentin-pulpa sinishi emal va dentindan oʻtib pulpagacha yetib boradi. Agar pulpa hayotiyligini saqlab qolgan boʻlsa, sargʻish dentin qatlamida nuqtasimon qon ketishi kuzatiladi va sportchi oʻtkir ogʻriqni his qiladi. Bunday hollarda imkon qadar tezroq travmatik stomatologik yordam koʻrsatishga tayyor stomatologga murojaat qilish zarur.

Tish sinishlaridan tashqari, suyak sinishlarining ham bir necha turlari mavjud. Ular: yopiq (oddiy), ochiq (murakkab), „yashil novda“ sinishi, stress (soch tolasi) sinishi, murakkab, maydalanib sinish, avulsion sinishi va kompression sinish. Murakkab sinishlarda sinish atrofidagi tuzilmalar, jumladan qon tomirlari, ichki aʼzolar, nervlar va boshqa tuzilmalar ham shikastlanadi.

Ortiqcha zoʻriqish natijasidagi jarohatlar Ortiqcha zoʻriqish natijasidagi jarohatlar toʻqimalarning tiklanish qobiliyatidan ortiq boʻlgan takrorlanuvchi va toʻplanib boruvchi mikrotravmalar oqibatida yuzaga keladigan jarohatlar sifatida taʼriflanadi. Bunday jarohatlar uchta asosiy toifaga boʻlinadi: tendinopatiya, stress reaksiyasi va stress sinishlari, shuningdek, balogʻat yoshidagi ajraluvchi osteoxondrit (Juvenile Osteochondritis Dissecans). Tendinopatiya toʻqimada toʻplanib boruvchi mikrotravmalar va degenerativ oʻzgarishlar natijasida rivojlanadi hamda ogʻriq paydo boʻlishiga, hatto jismoniy faollik vaqtida payning uzilishiga moyillikni oshiradi. Tendinopatiya dastlab yalligʻlanish ustun boʻlgan tendinit bosqichidan boshlanib, keyinchalik asosan degenerativ oʻzgarishlar bilan kechadigan tendinoz bosqichiga oʻtadi. Aynan ushbu keyingi bosqichda yalligʻlanishning deyarli kuzatilmasligi organizmning jarohatni tiklash qobiliyatini cheklaydi. Stress reaksiyasi va stress sinishlari esa suyakka takror-takror tushadigan mikrotravmalar oqibatida suyakning yemirilishi va qayta hosil boʻlishi oʻrtasidagi muvozanat buzilganda yuzaga keladi. Natijada suyak avval mikroshikastlanishlarga (stress reaksiyasi), keyinchalik esa stress sinishlariga moyil boʻlib qoladi.

Ushbu ikki turdagi jarohatlarning eng keng tarqalgan sabablaridan biri mashgʻulotlar chastotasining keskin oshirilishidir. Shuningdek, ular notoʻgʻri texnika yoki qattiq qoplamali maydonlarda mashq qilish, uzoq masofaga yugurish kabi tashqi omillar bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, bolalarda jismoniy oʻsishning tez kechishi ularni, ayniqsa balogʻat yoshidagi ajraluvchi osteoxondrit kabi ortiqcha zoʻriqish natijasidagi jarohatlarga moyil qiladi. Ushbu kasallikda suyak va togʻay tutashgan soha shikastlanadiSharadze, D., et al. „THE INCIDENCE OF SPORTS INJURIES AMONG SCHOOL-AGED CHILDREN AND ADOLESCENTS.“ Georgian Medical News, no. 343, 2023, pp. 193–98.. Kasallik asosan mashgʻulotlar davomida takrorlanuvchi mikrotravmalar tufayli rivojlanadi va zararlangan boʻgʻimlarda ogʻriqqa sabab boʻlishi mumkin. U koʻproq jadal oʻsish davridagi sportchilarda uchraydi. Sportchi organizmi voyaga yetib borgani sari ushbu kasallik odatda oʻz-oʻzidan tuzalib ketadi.

Bosh va boʻyin jarohatlari Sport bilan bogʻliq bosh va boʻyin jarohatlari sportdagi travmalarning katta qismini tashkil etadi. Ushbu jarohatlarning ogʻirligi sport bilan bogʻliq oʻlim holatlarining taxminan 70 foizi hamda doimiy nogironlik holatlarining 20 foiziga sabab boʻladi. AQShda har yili taxminan 1,6–3,8 million sport bilan bogʻliq miya chayqalishi qayd etiladi. Bunda amerika futboli, xokkey va futbol (soccer) kabi kontakt sport turlarida uchrash darajasi eng yuqori hisoblanadi.