Rangsiz tushlar () — 2020-yilda Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan psixologik drama janridagi film.
Syujeti
Film inson tabiatining qamoq, jamiyat va oila muhitida qanday oʻzgarishini yoritib beradi. Oʻn yetti yillik qamoq jazosidan soʻng Kashmira Vataniga qaytadi. Uyida hammasi tinch va osoyishta, u uzoq yillar sogʻingan xonadonida hech narsa oʻzgarmasligini istaydi. Biroq uyga qaytgach, u kutmagan va tayyor boʻlmagan voqealar yuz bera boshlaydi.
Rollarda
Feruza Saidova — Kashmira Karim Mirxodiyev — Kashmiraning otasi Shohida Ismoilova — Kashmiraning onasi
Namoyish
Filmning ilk namoyishi 2020-yil 8-avgust kuni Italiyada oʻtkazilgan Lucania Film Festival doirasida boʻlib oʻtdi.
Keyinchalik film bir qator xalqaro kinofestivallarda, jumladan Qozon xalqaro musulmon kinosi festivali (Rossiya), Kinoshok film festivali (Anapa, Rossiya), Jogja-NETPAC Osiyo kinofestivali Festival (Indoneziya) hamda Asiatica kinofestivali (Italiya)da namoyish etildi.
Mukofotlari
Rangsiz tushlar filmi Bangladeshning CinemaKing xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ssenariy“ mukofotiga sazovor boʻldi.
+YilFestivalNominatsiyaNatijaMamlakat2020CinemaKing xalqaro kinofestivaliEng yaxshi ssenariyBangladesh2021Oltin humoEng yaxshi rejissyorOʻzbekistonEng yaxshi ssenariyOʻzbekistonEng yaxshi bastakorOʻzbekiston
Manbalar