Tana — 1958-yilda suratga olingan Albaniya toʻliq metrajli badiiy filmi. Filmga Kristaq Dhamo rejissyorlik qilgan, ssenariysi esa Fatmir Gjata va Nasho Jorgaqi tomonidan Fatmir Gjataning shu nomdagi romani asosida yozilgan. Tana Albaniya tomonidan toʻliq ishlab chiqarilgan ilk badiiy film hisoblanadi. Undan avvalgi filmlar esa Sovet Ittifoqiga tayanib suratga olingan.
Syujet Gjata bundan avval shu nomdagi romanni yozgan edi. Voqealar 1950-yillarda sodir boʻladi. Asosiy qahramon Tana aqlli, ochiqkoʻngil va ilgʻor fikrlaydigan yosh ayoldir. U Stefan (Naim Frashëri)ni sevadi va ikkalasi ham Albaniyaning nomi tilga olinmagan togʻ qishlogʻida yashaydi. Tana keksa bobosining eskicha qarashlariga qarshi turishga majbur boʻladi. Shuningdek, u Lefter (Kadri Roshi)ning rashki bilan ham kurashadi. Film muhabbat qissasi asosida qurilgan boʻlib, unda sotsialistik realizmga xos tarzda sotsialistik taraqqiyot gʻoyasi ham alohida taʼkidlanadi.
Rollarda Tinka Kurti — Tana Naim Frashëri — Stefani Pjetër Gjoka — bobo Kadri Roshi — Lefter Dhosi Andon Pano — kooperativ rahbari Thimi Filipi — partiya kotibi Marie Logoreci — Stefanining onasi Violeta Manushi Nikolla Panajoti Melpomeni Çobani Mihal Stefa Vani Trako Lazër Filipi Pandi Raidhi Lazër Vlashi Esma Agolli
Ishlab chiqarilishi Albaniyada suratga olingan dastlabki badiiy filmlar Sovet Ittifoqi bilan hamkorlikda yaratilgan boʻlsa-da, Tana toʻliq alban ijodkorlari tomonidan Kinostudio studiyasida ishlab chiqarilgan ilk badiiy film sifatida eʼtirof etiladi.. Film Fatmir Gjataning shu nomdagi romani asosida suratga olingan.
Filmga Kristaq Dhamo rejissorlik qilgan, ssenariysi esa Fatmir Gjata va Nasho Jorgaqi tomonidan yozilgan. Tana filmi oq-qora formatda suratga olingan boʻlib, uning davomiyligi 78 daqiqani tashkil etadi. Film toʻqqiz qismdan iborat. Irena Harito film montajchisi boʻlgan, Çesk Zadeja esa film uchun musiqa bastalagan. Filmning ovoz yozish ishlarini Xhevat Behri bajargan, rassomi Petraq Lubonja boʻlgan. Suratga olish ishlari Tirana va Korçë shaharlarida boʻlib oʻtgan. Asar Albaniyaning 1950-yillardagi qishloq hayotini tasvirlaydi va qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish jarayonida jamiyatdagi oʻzgarishlarni aks ettiradi. Filmning asl nusxasini saqlab qolish maqsadida Albaniya Markaziy davlat kino arxivi 2020-yilda uni restavratsiya qilish ishlarini boshlagan. Restavratsiya jarayonida filmni raqamlashtirish va tasvir hamda ovoz sifatini tiklash ishlari amalga oshirilgan. Restavratsiya qilingan Tana 2022-yil iyul oyida ilk bor tomoshabinlarga namoyish etilgan. Keyinchalik filmning tiklangan nusxasi xalqaro kinofestivallarda namoyish etilishi uchun ham taqdim etilgan. Operatorlardan biri boʻlgan Mandi Koçi keyinchalik 20 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan. Shundan soʻng uning ismi Tana filmining titrlaridan olib tashlangan va ismi yozilgan qism yashil tasma bilan yopib qoʻyilgan. Filmda boʻsa sahnasini suratga olish uchun 29 ta dubl olingan, biroq ushbu sahna keyinchalik filmdan olib tashlangan.
Namoyish etilishi Tana filmining ilk namoyishi 1958-yil 17-iyulda boʻlib oʻtgan. Shuningdek, u 1-Moskva xalqaro kinofestivalida ham namoyish etilgan. Shuningdek, film Xitoyda ham namoyish etilgan. Markaziy davlat kino arxivi 2020-yilda filmni restavratsiya qilish ishlarini boshlagan. Restavratsiya qilingan nusxaning ilk namoyishi esa 2022-yil 18-oktyabrda Lumière Festivalfestivalida boʻlib oʻtgan.
Qiziqarli faktlar „Tana“ filmi rejissyor Kristaq Dhamoning diplom ishi hisoblanadi. Albaniyaliklar tomonidan toʻliq suratga olingan birinchi alban filmi. Albaniya tarixidagi birinchi toʻliq metrajli film. Oʻpish sahnalari mavjud boʻlgan birinchi alban filmi. Premyerasidan bir necha oy oʻtib, film ekranlardan olib tashlangan va qoʻshimcha senzura ostida qayta koʻrib chiqilgan. Suratga olish jarayonida Tana va Stefan oʻrtasidagi oʻpish sahnasi uchun 29 ta dubldan foydalanilgan boʻlsa-da, u filmning yakuniy versiyasidan butunlay kesib tashlangan. Film Albaniya kino tarixining muhim yodgorliklaridan biri sifatida bugungi kungacha saqlanib kelmoqda.
Manbalar
Foydalanilgan adabiyotlar
Kitoblar
Matbuot
Veb-saytlar
Tashqi havolalar
Albanian Film Databasedagi Tana
Turkum:Alban filmlari Turkum:1958-yil filmlari