Raúl Albiol Tortajada (1985-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, markaziy himoyachi lavozimida oʻynaydi.
U oʻz faoliyatining asosiy qismini Valencia, Real Madrid va Villarreal jamoalarida oʻtkazgan. Dastlabki ikki jamoa bilan beshta yirik unvonni qoʻlga kiritdi va uchinchi jamoa safida 2020-21 yilgi UEFA Yevropa ligasini yutgan. La Ligada 16 mavsum davomida jami 394 ta oʻyin oʻtkazib, sakkizta gol urdi, shuningdek, Italiya Serie Ada „Napoli“ safida bir necha yil toʻp surgan.
2007-yildan beri Ispaniya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan Albiol mamlakat sharafini ikkita jahon chempionati va ikkita Yevropa chempionatida himoya qildi hamda uchta turnirda, jumladan 2010-yilgi Jahon chempionatida gʻalabaga erishgan.
Faoliyati Albiol 9 yoshida sobiq futbolchi otasining saʼy-harakatlari evaziga „Bendirom“ jamoasi oʻyinchisi boʻldi. Valensiya bilan kechgan oʻrtoqlik uchrashuvida u oʻzini juda yaxshi koʻrsatdi va valensiyalik murabbiy otasiga oʻzining jamoasini taklif etdi.
2005-yilda u „Xetafe“ jamoasida ijara asosida toʻp surdi. „Xetafe“dagi faoliyati davomida Raul oʻzi uchun kerak boʻlgan tajribalarni toʻpladi, yuqori oʻyinlar koʻrsata boshladi va oqibatda Valensiya jamoasiga oʻtib, asosiy tarkibdan joy oldi va Ispaniya terma jamoasi tarkibiga ham kiritila boshlandi.
2009-yilning 25-iyun kunida Raul Albiol 15 mln yevro evaziga Madridning „Real“ superklubiga qoʻshilgan holda klub prezidenti Florentino Perezning proyektining qatnashuvchilaridan biri boʻldiMadrid sign Raul Albiol and step up Karim Benzema chase; The Daily Telegraph, 25-iyun 2009. 2-iyul kuni u rasman klub stadionida tanishtirildi va 18 raqamli maykani egasi boʻldi. Albiol „Qirollik klubi“ uchun 8-dekabrda Chempionlar ligasi musobaqasi doirasida Marselga kechgan uchrashuvda debyut golini kiritdi. 2012-yil 7-avgustda Albiol va Real Madrid oʻrtasida tuzilgan shartnoma muddati 2017-yilgacha choʻzildiOfficial Announcement; realmadrid.com, 6-avgust 2012. 2013-yil 21-iyulda Italiyaning Napoli jamoasiga oʻtdi. Transfer narxi 12 mln. yevroni tashkil etdi. Raul Rafael Benitez murabbiyligi ostidagi jamoa bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi.
Statistika
+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollariKlubMavsumLigaMilliy kubokYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarValencia B2003–04Segunda División B352———352Valencia2003–04La Liga00—20—202005–06La Liga2914030—3612006–07La Liga36142121—5242007–08La Liga3216070—4512008–09La Liga342206020442Jami1315162301201798Getafe (ijara)2004–05La Liga17120——191Real Madrid2009–10La Liga3302081—4312010–11La Liga2006060—3202011–12La Liga1002050001702012–13La Liga181503010271Jami811150221101192Napoli2013–14Serie A3215090—4612014–15Serie A35030120105102015–16Serie A3610030—3912016–17Serie A2603060—3502017–18Serie A3130080—3932018–19Serie A2010060—261Jami1806110440102366Villarreal2019–20La Liga36120——3812020–21La Liga35010112—4722021–22La Liga28021120104312022–23La Liga2501010—2702023–24La Liga2601030—3002024–25La Liga15010——160Jami165181272102014Umumiy statistika6091652312345078923
Terma jamoa +Milliy terma jamoadagi ishtiroki va urgan gollar soni (yillar kesimida)Terma jamoaYilOʻyinlarGollarIspaniya2007202008802009110201020201180201270201360201460201510201810201940202120Jami580
Yutuqlari Valensiya
Qirol kubogi: 2007–08 UEFA kubogi: 2003–04
Real Madrid
La Liga: 2011–12 Qirol kubogi: 2010–11; finalda magʻlub: 2012–13 Ispaniya Superkubogi: 2012
Napoli
Italiya kubogi: 2013–14 Italiya Superkubogi: 2014
Vilyarreal
UEFA Yevropa ligasi: 2020–21
thumb|2010-yilgi FIFA Jahon chempionati finalida Ispaniya gʻalabasini Albiol (2-raqamli oʻyinchi) nishonlamoqda Ispaniya U19
UEFA 19 yoshgacha boʻlganlar Yevropa chempionati: 2004.
Ispaniya
FIFA Jahon chempionati: 2010 UEFA Yevropa chempionati: 2008, 2012 FIFA Konfederatsiyalar kubogi finalchisi: 2013; uchinchi oʻrin: 2009.
Shaxsiy yutuqlari
La Liganing „Kashf etilgan oʻyinchi“si: 2006 UEFA Yevropa ligasi mavsumning ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2014–15, 2020–21.
Oʻyin uslubi Ishonchli va jismonan baquvvat oʻyinchi boʻlgan Albiol havoda oʻynashda ajoyib mahorat koʻrsatadi. Uning asosiy afzalligi koʻp qirraliligidir, chunki u markaziy himoyachi, oʻng qanot himoyachisi yoki tayanch yarim himoyachisi lavozimlarida oʻynay oladi.
Shaxsiy hayoti Albiolning laqabi „El Chori“. Uning katta akasi Miguel ham futbolchi boʻlgan. Otasi (uning ismi ham Miguel) Sabadell jamoasi tarkibida Segunda divizionida oʻynagan. Eng kichik ukasi Brian esa Raul hurmat qilgan Daniya milliy terma jamoasida muvaffaqiyatga erishgan Brian Laudrup sharafiga nomlangan.
Albiol rafiqasi Alisiya bilan ikki qizning otasi. U 2008-yilda Guillermo Franco va Markos Senna bilan birgalikda Ispaniyadagi yosh sportchilar orasida xristian qadriyatlarini targʻib qilishga intiluvchi 140 nafar sportchi va 16 nafar murabbiydan iborat Evangeliko FK tashkilotini tashkil etgan.
Qiziqarli faktlar Albiolning sevimli oʻyinchisi oʻzining sobiq jamoadoshi Karlos Marchena hisoblanadi. Raul Karlosdan koʻp narsa oʻrganganligini va kelajakda uningdek yorqin faoliyat olib borishini xohlashini taʼkidlagan. 2004-yil 2-avgust kuni Valensiya-Madrid trassasining Kuenka shahri yaqin joyida avtohalokatga uchradi. 17 kun reanimatsiya xonasida yotishga majbur boʻldi. Bir necha jarrohlikni boshidan kechirdi. Vrachlar qoratalogʻini olib tashlashga majbur boʻldilarRaul Albiol – vsya nasha jizn igra – Real-Madrid.ru .:. Sayt bolelщikov „Reala“ Madrid .:. Real Madrid .:. Analitika Novosti Stati Statistika.
Manbalar
Havolalar
CiberChe stats and bio
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Valencia CF Mestalla futbolchilari Turkum:Valencia CF futbolchilari Turkum:Getafe CF futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Villarreal CF futbolchilari Turkum:SSC Napoli futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:2009-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi futbolchilari Turkum:2013-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar