Stefan Walter Hell (tugʻilgan sanasi: 1962-yil 23-dekabr) — ruminiya-germaniyalik fizik, Max Planck Society tarkibiga kiruvchi Göttingen shahrida joylashgan Max Planck Institute for Multidisciplinary Sciences hamda Heidelberg shahridagi Max Planck Institute for Medical Research institutlarining direktorlaridan biri. U 2014-yilda superrezolyutsiyali fluoresans mikroskopiyasini rivojlantirgani uchun Eric Betzig va William Moerner bilan birgalikda Kimyo boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritgan.

Hayoti Stefan Hell 1962-yilda Ruminiyaning Arad shahrida rim-katolik diniga mansub Banat shvabiylari oilasida tugʻilgan. U bolalik yillarini Arad yaqinidagi Sântana shahrida, ota-onasi bilan birga oʻtkazgan Răzvan Băltărețu, "Un cercetător născut în județul Arad este printre câștigătorii premiului Nobel pentru chimie", Adevărul, October 8, 2014Andreea Ofițeru, "Stefan W. Hell, pentru Gândul: 'Am avut profesori extraordinari în România'", Gândul, October 9, 2014. 1969–1977-yillarda shu shahardagi boshlangʻich maktabda tahsil olgan Andreea Pocotila, "Fizicianul premiat cu Nobelul pentru chimie vorbește românește și ține legătura cu mediul științific din țara noastră", România liberă, October 8, 2014. Keyinchalik Timișoara shahridagi Nikolaus Lenau yuqori maktabida bir yil oʻqigan. 1978-yilda esa ota-onasi bilan Gʻarbiy Germaniyaga koʻchib ketgan Ștefan Both, "Stefan W. Hell, al doilea elev de la Liceul 'Nikolaus Lenau' din Timișoara care a câștigat un Nobel", Adevărul, October 8, 2014. Uning otasi muhandis, onasi esa oʻqituvchi boʻlgan. Germaniyaga kelgach, oila Ludwigshafen shahrida istiqomat qila boshlagan Andreea Pocotila, "Fizicianul premiat cu Nobelul pentru chimie vorbește românește și ține legătura cu mediul științific din țara noastră", România liberă, October 8, 2014.

Manbalar

Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari Turkum:XX asr nemis fiziklari