Safiya bint Abdulmuttalib (; ; hijratdan avvalgi 53-yildan hijriy 18-yilgacha) — islom paygʻambari Muhammadning xolasi, sahoba.

Yoshligi Safiya Abdulmuttalib ibn Hoshim va Hola bint Vuhayb ibn Abdumanof ibn Zuhraning qizi boʻlganIbn Hisham note 97.Muhammad ibn Saad. Tabaqat vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.. U Hamza ibn Abdulmuttalibning tugʻishgan singlisi, paygʻambar Muhammad va xalifa Alining ammasi hisoblanadi. U, shuningdek, xalifa Usmonning onasi Arva bint Karizning ham xolasi boʻlgan. Otasi vafot etganida Safiya taxminan 10 yoshda boʻlgan.

Nikohlari Safiya birinchi marta Al-Horis ibn Harbga turmushga chiqqan. Ularning nikohidan Safi ibn Horis ismli oʻgil dunyoga kelgan. Biroq ular 593-yilga kelib ajrashgan koʻrinadiMuhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press..

Uning ikkinchi eri Avvom ibn Xuvaylid boʻlib, Avvom ularning qoʻshnisi Xadichaning akasi ediMargoliouth, D. S. (1905). Mohammed and the Rise of Islam, p. 68. New York & London: G. P. Putnam’s Sons.. Safiya va Avvomning Zubayr, as-Soib va Abdulkaʼba ismli uch oʻgʻli boʻlgan. Avvom farzandlari hali yosh boʻlgan paytda vafot etganMuhammad ibn Saad. Tabaqat vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers..

Safiya oʻgʻli Zubayrni qattiq kaltaklab turardi. Qoʻshnilar bundan norozi boʻlib: „Uni oʻldirib qoʻyasan-ku! Uning yuragini ezib yubording. Bolani nobud qilmoqchimisan?“ — deyishardi. Safiya esa: „Men uni aqlli va janglarda jasoratli boʻlishi uchun kaltaklayman“, — deb javob bergan.

Islomni qabul qilishi Muhammad kishilarni islomga daʼvat qilishni boshlaganida, oʻzining eng yaqin qarindoshlarini alohida ogohlantirgan. Shunda Safiya ham islomni qabul qilib musulmon boʻlgan va Muhammad paygʻambarga bayʼat qilganAl-Tabari, Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk vol. 39. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors, p. 199. New York: State University of New York Press.. Safiya 622-yilda Madinaga hijrat qilgan.

Madinaga hijrat Uhud jangi

625-yilda Uhud jangida musulmonlar chekina boshlaganlarida Safiya qoʻlida nayza bilan ularni qarshi olgan va oʻz paygʻambarlarini tashlab qochganlikda ayblagan. Shunda oʻgʻli Zubayr uni: „Onajon, orqaga qayting!“ — deb ogohlantirgan. Safiya esa oʻgʻliga yaqinlashib, uning orqasida akasi Hamzaning jasadi tahqirlanib, aʼzolari kesilgan holda yotganini koʻrgan.

Xandaq jangi

627-yilda boʻlib oʻtgan Xandaq jangi paytida Safiya xavfsizlikni taʼminlash maqsadida musulmon ayollar joylashtirilgan Hasan ibn Sobitning Fari qal’asida boʻlgan. Safiya qalʼa hududida bir yahudiyni koʻrib, u bizning zaifligimizni bilib qolib, orqamizdagi yahudiylarga xabar beradi deb qoʻrqqan. Oʻsha paytda paygʻambar Muhammad va uning sahobalari jang bilan shunchalik band boʻlganki, Safiya ularni ayollarga yordam bera olmaydi deb oʻylagan. Soʻngra Rafiya Hasanga pastga tushib, uni oʻldirishni buyurgan. Hasan ikkilanib turgach, Safiyaning oʻzi yashirincha pastga tushgan va yahudiyga yaqinlashib, uni kaltaklab oʻldirgan. Keyin u Hasanga jasadning kiyimlarini yechishni va sinchiklab tekshirishni buyurgan, biroq Hasan yana bosh tortgan.

Xaybar jangi

Safiya 628-yilda Xaybar jangida musulmon qoʻshiniga yordam beruvchi ayollar safida borgan. U oʻgʻli Zubayr bilan yahudiy jangchisi Yasir oʻrtasidagi yakkama-yakka jangga va oʻgʻlining gʻalaba qozonganiga guvoh boʻlgan.

Xaybar jangidan qoʻlga kiritilgan oʻljalar taqsimlanganda paygʻambar Muhammad Safiyaga Xaybardan 40 vasq miqdorida xurmo va don mahsulotlaridan olinadigan daromad ajratgan.

Vafoti Safiya Umar xalifaligi davrida (634–644) vafot etgan va Baqiʼ qabristonida, al-Mugʻira ibn Shuʼba hovlisidagi tahorat olinadigan joyda dafn qilingan.

Farzandlarining nikohlari Zubayr ibn Avvom (Ikkinchi fitna davrida Makkada 9 yil xalifalik qilgan Abdulloh ibn az-Zubayrning otasi) Atika bint Zayd, Rubob bint Anif, Ummu Xolid bint Xolid, Ummu Kulsum bint Uqba, Tumodir bint al-Asbogʻ, Asmo bint Abu Bakr va Hola bint Qaysga uylangan. Uning koʻplab oʻgʻillari (jumladan, Musʼab va Urva) hamda qizlari boʻlgan. Abdulkaʼba (Abdurahmon ibn Avvom) Jamila bint Abduluzzoga uylangan va undan Abdulloh ibn Abdurahmon ismli oʻgʻli boʻlgan.

Yana qarang Sahobalar roʻyxati Banu Hoshim

Manbalar

Havolalar

Turkum:Ayol sahobalar Turkum:569-yilda tugʻilganlar Turkum:640-yilda vafot etganlar Turkum:Banu Hoshim