Oʻzbekiston pankration va grappling assotsiatsiyasi — Oʻzbekistonda pankration, grappling va havaskor aralash jang sanʼatlari yoʻnalishlarida faoliyat yuritgan sport tashkiloti. Assotsiatsiya 2023-yil 6-aprelda jamoat birlashmasi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Birlashgan jahon kurashi (UWW) tashkilotni Uzbekistan Association of Mixed Martial Arts, Pankration & Grappling nomi bilan Oʻzbekistonning pankration, grappling va havaskor MMA yoʻnalishlari bo‘yicha milliy aʼzo tashkiloti sifatida qayd etadi.

Tarixi Assotsiatsiya 2023-yil 6-aprelda Oʻzbekistonda jamoat birlashmasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Tashkilotning yuridik manzili Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan. Assotsiatsiya raisi Xojiakbar Xakimov

2025-yilda assotsiatsiya havaskor MMA, pankration va grappling bo‘yicha musobaqalarni tashkil etishda ishtirok etdi. 2025-yil fevralida Sport vazirligi havaskor MMA, pankration va grappling bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishini maʼlum qildi. Musobaqa xalqaro chempionatlar va yoshlar Osiyo o‘yinlariga saralash vazifasini ham bajargan.

2025-yil 1—4-iyun kunlari Andijonda UWW taqvimiga kiruvchi Andijan Open xalqaro turniri o‘tkazildi. UWW musobaqa hujjatlarida Uzbekistan Association of Mixed Martial Arts, Pankration & Grappling turnir tashkilotchisi sifatida ko‘rsatilgan. Musobaqada grappling, pankration va havaskor MMA bahslari o‘tkazilgan. Oʻzbekistonda oʻtkazilgan xalqaro musobaqalar

Yil Musobaqa Shahar Sport turi 2023 World Combat Games Qualifier Toshkent Grappling, Grappling Gi 2023 Pankration World Championships Toshkent Pankration 2024 Asian Pankration Championship Toshkent Pankration 2025 Andijan Open Andijon Grappling, Pankration, havaskor aralash jang sanʼati Xalqaro tashkilotlardagi aʼzoligi Birlashgan jahon kurashi (UWW) maʼlumotlariga ko‘ra, tashkilot Oʻzbekistonni quyidagi yoʻnalishlarda keltirgan

Pankration; Grappling; havaskor aralash jang sanʼati (Havaskor MMA). Assotsiatsiya Global aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi (GAMMA) aʼzosi hisoblanadi.

Shuningdek, assotsiatsiya Osiyo aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi (AMMA) tarkibiga kiradi.

Rahbariyat Assotsiatsiya prezidenti — Xojiakbar Xakimov.

Shuningdek qarang Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi Aralash jang sanʼatlari Birlashgan jahon kurashi Pankration Grappling

Manbalar

Turkum:2023-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:Oʻzbekiston sporti Turkum:Oʻzbekistonda Sport Federatsiyalari